Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afsonaviy hind xonandasi Udit Narayan o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida son-sanoqsiz mashhur qo‘shiqlarni yaratgan va havas qiladigan diskografiyaga ega. Uning 20 dan ortiq taronasi “Barcha davrlarning 40 ta eng yaxshi Bollivud saundtreklari” ro‘yxatiga kiritilgan. Shohrux Xon qo‘shiqlarini kuylagan xonanda romantik qo‘shiqlar qiroli unvoniga sazovor bo‘ldi va butun dunyoda shuhrat qozondi.

Foto: Bollywoodtime

Udit Narayan 1955-yil 1-dekabrda nepallik fermer Xarekrishna Ja va uning hindistonlik rafiqasi Bhuvaneshvari Devi oilasida tug‘ilgan, u ham o‘z davrining mashhur xalq qo‘shiqchisi bo‘lgan. O‘g‘lini musiqaga ilhomlantirgan onasi edi. Udit Bollivudda mingdan ortiq qo‘shiq kuylagan bo‘lib, uning qo‘shiqchilik faoliyati Nepal radiosida boshlangan.

Foto: Bollywoodtime

Udit 1978-yilda Hindistonning Nepaldagi elchixonasidan musiqa stipendiyasini oldi va Mumbayga klassik musiqani o‘rganish uchun ko‘chib o‘tdi.

U yerda, 1980-yilda xonanda musiqiy rejissor Rajesh Roshan nazariga tushdi va o‘zining “O‘n to‘qqiz-yigirma” (Unees-Bees) loyihasi uchun qo‘shiq kuylashni taklif qildi. Shu tarzda u musiqa sanoatga kirdi, ammo shon-shuhrat sari yo‘l yurish oson emas edi. Udit Narayan haqida atigi 8 yil o‘tgach, “Hukm” filmida Amir Xon uchun qo‘shiq kuylaganidan so‘ng gapirila boshlandi.

Foto: Bollywoodtime

Filmning muvaffaqiyati uni bastakorlar orasida talabgir xonandaga aylantirdi. Narayan ovozining o‘ziga xosligi barcha musiqa ixlosmandlari tomonidan yuqori baholandi. Bolaligidan u radioda tinglagan Lata Mangeshkar, Asha Bhosle, Muhammad Rafi va Kishore Kumarlarga havas qilgan. Keyin esa bu afsonalar bilan birga kuylash baxtiga muyassar bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Muvaffaqiyatli musiqiy karyerasi davomida Narayan beshta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritdi. U ketma-ket uch o‘n yil davomida mukofotlarga sazovor bo‘lgan yagona erkak qo‘shiqchidir. Shuningdek, 4 ta Milliy, (3 qo‘shiqchi va bitta prodyuserlik uchun) Padma Bxushan va Padma Shri mukofotiga ega.

Foto: Bollywoodtime

Biroq, romantik qo‘shiqlar qiroli shaxsiy hayotida unchalik ham omadli emas. Uning oilaviy munosabatlari bir qator tartibsizliklar, huquqiy kurashlar va jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Buning hammasi Udit Narayanning ikkinchi xotinga ajrashmasdan va hatto birinchi xotiniga xabar bermasdan uylangani tufayli yuz berdi. Darhaqiqat, muxlislar Udit Narayanning birinchi xotini haqida u eri ikkinchi turmushini yashirgani uchun jazolash maqsadida omma oldida sahnaga chiqqanida bilib oldi.

Foto: Bollywoodtime

1984-yilda Udit birinchi marta asli bixarlik Ranjana Narayan Ja bilan turmush qurgan. O‘shanda u hali muvaffaqiyat qozonmagani bois uning turmush qurishi omma e’tiborini tortmadi. Ammo Mumbayga ko‘chib, omadi kelgach, u ortga qaytmadi. Hatto erining qaytib kelishini kutib, yangi uyiga o‘zi bilan olib ketishiga umid qilayotgan rafiqasini ham o‘ylamadi.

Udit Narayan va uning birinchi rafiqasi

Udit Narayan va uning birinchi rafiqasi
Foto: Bollywoodtime

Bu yerda shuni qo‘shimcha qilish kerakki, uning xotini qayerda yashagani noma’lum, chunki u faqat 2006-yilda, ya’ni to‘ydan 22 yil o‘tgach paydo bo‘lgan. Bu orada, 1985-yilda uning eri ikkinchi marta qo‘shiqchi Dipa Gahatrajga uylandi. Bir yil o‘tgach, ular Aditya Narayan ismli o‘g‘il ko‘rdi, u ham hozir Bollivudda mashhur qo‘shiqchi. Dipa Uditga turmushga chiqqanida Ranjonaning qayerdaligini bilganmi yoki yo‘qmi, hozircha sirligicha qolmoqda.

Udit Narayan va uning ikkinchi oilasi

Udit Narayan va uning ikkinchi oilasi
Foto: Bollywoodtime

So‘ngra oradan 22 yil o‘tib, 2006-yilning aprel oyida, Udit Patnadagi shouga keldi va hashamatli mehmonxonadan joy band qildi, o‘shanda Ranjana jurnalistlar bilan uning xonasiga bostirib kirib, Narayanning qonuniy rafiqasi ekanligini aytib, to‘polon boshlagan.

Foto: Bollywoodtime

The Hindu gazetasining “Nega shuncha yillardan keyin yana paydo bo‘lganligi” haqidagi savoliga Ranjana shunday javob berdi: “Men nikohimiz haqida oshkora gapiraman, deb qo‘rqitganimda, u o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilib, ovozimni o‘chirdi. Endi qo‘rqmayman, sudga murojaat qilaman”.

O‘z navbatida, Udit Narayan bu ayolni tanimasligini va u bilan hech qachon uchrashmaganini, sodir bo‘lganlarning hammasi shunchaki unga tuhmat qilish uchun tuzilgan fitna ekanligini ta’kidladi. Sud jarayoni uch oy davom etdi. Ranjana ularning nikohini tasdiqlovchi dalillar — suratlar va hujjatlarni taqdim etdi, shundan so‘ng Udit Narayan birinchi xotinini rasman tan oldi, uni boqish va aliment to‘lashga rozi bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime

Ushbu janjaldan keyin Udit Narayanning karyerasi pasaya boshladi. U taniqli musiqiy shoularda hakam sifatida ishladi. Aytgancha, endi uning ikki xotini ham do‘stona munosabatda. Sobiq va hozirgi turmush o‘rtoqlar nafaqat birga xarid qilishadi, balki Udit bilan birga safarlarga ham chiqib turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi