Internetda uzoq kutilgan “Avatar: Suv yo‘li-2” filmining birinchi treyleri namoyish etildi. Oradan 13 yil o‘tib, film tomoshabinlari va muxlislari 2022-yilning dekabr oyida premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan kartinaning davomini ko‘radi, de yozadi People Talk.
Bosh qahramon Zoi Saldananing fikricha, filmning davomi hech kimni befarq qoldirmaydi va hammaning aqlini shoshirib qo‘yadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon 20 daqiqalik fragmentni ko‘rgan va bu uni yig‘lashga majbur qilgan. “Tomog‘imga tiqilgan narsa bilan bu haqda gapirish qiyin, men 2021-yilning oxirida ikkinchi qismning 20 daqiqasini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim. Men hech narsa deya olmadim va yig‘lab yubordim. Kartina barchani o‘ziga jalb etishi aniq. ‘Avatar-2’ birinchi filmga nisbatan haqiqatan ham oldinga o‘tib ketdi, shuning uchun siz bunday unutilmas sarguzashtga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak deb o‘ylayman”, — dedi u.
Mavzuga doir: “Avatar-2” filmining ilk kadrlari namoyish etildi (foto)
Izoh (0)