• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Ikkinchi qismi birinchisidek tomoshabinlar mehrini qozona olmagan mashhur multfilmlar (foto)

    Ba’zan omadli chiqqan multfilmning muvaffaqiyatini takrorlash uchun uning davomi ishlanadi. Ammo har doim ham quyidagi kartinalar kabi 2-qism originali kabi tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lmasligi mumkin.

    “Changalzor kitobi-2”

    “Changalzor kitobi-1”

    “Changalzor kitobi-1”
    Foto: Filmdan kadr

    Sevimli animatsion filmi “Changalzor kitobi” 1967-yilda Disney tomonidan ishlangan. Ekranga chiqqandan so‘ng multfilm ajoyib hazillari va chuqur ma’noga ega qo‘shiqlari uchun ijobiy sharhlarga ega bo‘ldi.

    “Changalzor kitobi-2”

    “Changalzor kitobi-2”
    Foto: Filmdan kadr

    1990-yillarda yozuvchilar “Changalzor kitobi”ning davomini taqdim etishdi, unga ko‘ra Balu urg‘ochi ayiqni sevib qoladi va uni brakonyerlardan qutqarishga harakat qiladi. 2003-yilda 2-qism butunlay boshqacha sujet bilan ekranlarga chiqdi. Garchi multfilm uni yaratishga sarflanganidan deyarli 7 baravar ko‘p daromad olgan bo‘lsa-da, tanqidchilar yaxshi baholamadi. Ular yangi kartina faqat 1-qismning mashhurlik to‘lqinida pul ishlash uchun yaratilganligini va multfilmda sujet va musiqa jihatidan yangi narsa yo‘qligini yozishdi.

    “Mulan-2”

    “Mulan-1”

    “Mulan-1”
    Foto: Filmdan kadr

    Fa Mulan ismli jasur qiz haqidagi multfilmning 2-qismi avvalgisidan 6 yil o‘tgach, 2004-yilda ishlangan. Tanqidchilar ijobiy baho olgan original kartina haqida “dinamik sujet va boy animatsiyaga ega ta’sirli film” deb atashgan bo‘lsa, Mulanning davomi sharmandalik deb ataldi. “To‘liq sharmandalik, bu o‘zidan oldingi multfilmning eng yaxshi narsalarini olib, uni mayda-chuyda qilib berishdek gap”. Rotten Tomatoes’ning tomosha qilish agregatori filmga 0 foiz baho bergan.

    “Mulan-2”

    “Mulan-2”
    Foto: Filmdan kadr

    “Bembi-2”

    “Bembi-1”

    “Bembi-1”
    Foto: Filmdan kadr

    1942-yilda Uolt Disney tomonidan yaratilgan “Bembi” dramatik animatsion filmi ekranlarga chiqdi. Qizig‘i shundaki, bu multfilm dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin takroriy namoyishlar bilan u mashhurlikka erisha boshladi. Bugungi kunda “Bembi” eng zo‘r multfilmlardan biri hisoblanadi.

    “Bembi-2”

    “Bembi-2”
    Foto: Filmdan kadr

    64 yildan so‘ng esa uning davomi chiqdi, bu esa turli sharhlarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar multfilmda bashorat qilish, oddiylikning ko‘pligini ta’kidladilar.

    “Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi”

    “Oppog‘oy va yetti gnom”

    “Oppog‘oy va yetti gnom”
    Foto: Filmdan kadr

    “Oppog‘oy va yetti gnom” Disneyning 1937-yilda chiqqan birinchi animatsion filmi. Kartina omadli chiqdi va hanuzgacha tarixdagi eng yuqori daromad keltiruvchi multfilm bo‘lib qolmoqda: kartina unga sarflaganidan 280 baravar ko‘p daromad keltirdi. Ko‘pgina sharhlovchilar “Oppog‘oy”ni bolalar va kattalar uchun tavsiya etilgan haqiqiy san’at asari deb atashgan.

    1989-yilda “Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi” deb nomlangan multfilmning davomi katta ekranlarga chiqdi. Sujetga ko‘ra, bosh qahramon va shahzoda turmush qurmoqchi, ammo marhum yovuz malikaning qasoskor ukasi qiyofasida yangi tahdid paydo bo‘ladi.

    “Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi”

    “Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi”
    Foto: Filmdan kadr

    “Oppog‘oy-2” yilning eng katta xitlaridan biri bo‘lishi kutilgan edi, ammo keng ko‘lamli reklama kampaniyasiga qaramay, multfilm omadsizlikka uchradi. Tanqidchilar esa u haqda “asabiy animatsiya”, “yomon chizilgan qo‘pol qahramonlar”, “zaif animatsiya, hatto beo‘xshov hazillar”, “qo‘shiqlari bir zumda unutiladi” deb baholashdi.

    “Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”

    “Sohibjamol va maxluq”

    “Sohibjamol va maxluq”
    Foto: Filmdan kadr

    1991-yilda Uolt Disney studiyasi “Sohibjamol va maxluq” musiqiy fantastik filmini chiqardi. U o‘zining romantik hikoyalari, animatsiyasi (ayniqsa, bal sahnasi), personajlar va musiqasi e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. Film eng yaxshi musiqiy yoki komediya uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi va bu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi animatsion film bo‘ldi.

    “Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”

    “Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”
    Foto: Filmdan kadr

    Muvaffaqiyatni takrorlashga qaror qilgan studiya 6 yildan so‘ng multfilmning davomi — “Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”ni chiqardi. 1-qism Rotten Tomatoes saytida 94 foiz olgan bo‘lsa, 2-qismning reytingi 13 foiz edi. Tanqidchilar ta’kidlaganidek, “Sohibjamol va maxluq” filmining yonida “Ajoyib Rojdestvo” marvarid yonidagi ko‘mir parchasiga o‘xshaydi.

    “Zolushka: Orzular amalga oshadi”

    “Zolushka”

    “Zolushka”
    Foto: Filmdan kadr

    1950-yilda Disneyning 12-metrajli animatsion filmi “Zolushka” ekranlarga chiqdi. Mashhur rejissor, “Kasablanka” (1942) ijodkori Maykl Kertis Uolt Disneyga yozgan maktubida “Zolushka”ni “barcha multfilmlaringizning durdonasi” deb atagan. Multfilm, shuningdek, hikoyaning ohista tasvirlangani, qo‘rqinchli yovuz qahramonlar yo‘qligi va “to‘satdan, shirali hazil tuyg‘ulari” borligi bilan ham olqishlandi.

    “Zolushka: Orzular amalga oshadi”

    “Zolushka: Orzular amalga oshadi”
    Foto: Filmdan kadr

    2000-yillarning boshida studiya “Zolushka” kartinasining davomini chiqardi. Garchi davomi uning yaratilishiga sarflanganidan ko‘proq daromad olgan bo‘lsa-da, tanqidchilarning sharhlari asosan salbiy edi. Ular 2-qism “Zolushka” originalining qoldiqlariga o‘xshaydi, degan fikrga kelishdi. Hozirda u Rotten Tomatoes bo‘yicha 11 foiz reytingga ega.

    “Pokaxontas-2”

    “Pokaxontas”

    “Pokaxontas”
    Foto: Filmdan kadr

    1998-yilda 1995-yilda suratga olingan “Pokaxontas” filmining davomi, xuddi shu nomdagi hind malikasining tarjimayi holiga asoslangan hikoyasi chiqdi. Qizig‘i shundaki, multfilm kinoteatrlarda yoki televizorda ko‘rsatilmasdan oldin darhol videokasseta va DVD’larda chiqarildi.

    1-qism 2 ta “Oskar” va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘ldi, ijodkorlarga sarflanganidan 6 baravar ko‘proq pul keltirdi va kartina “zamonaviy Disney animatsion filmlarining eng puxta o‘ylangan va eng chiroylisi” deb nomlandi.

    “Pokaxontas-2”

    “Pokaxontas-2”
    Foto: Filmdan kadr

    2-qism esa past baholarga sazovor bo‘ldi, tanqidchilar davomiy sujetni kattalar uchun “siyqasi chiqqan”, bolalarga esa shunchaki yoqishi mumkin deb baho berishdi.

    Mavzuga doir:

    • Asl mohiyatini faqat kattalar tushuna oladigan multfilmlar (foto)
    • Bolalar uchun ishlangan mashhur multfilmlardagi faqat kattalar tushunadigan kadrlar (foto)
    • “Daydi to‘tining qaytishi”dan “Vinni Pux”gacha: Sovet multfilmlarining siz e’tibor bermagan yashirin ma’nolari
    • Namoyishidan 20 yil o‘tib ham tomoshabinlarning sevimli multfilmi bo‘lib qolayotgan “Muzlik davri” kartinasi haqida qiziqarli ma’lumotlar

    08.05.2022, 18:48   Izoh (0)   42925
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Hind kinosining eng mashhur juftliklari yillar davomida qanchalik o‘zgardi?

    06.05.2022, 18:44

    Disney’ning mashhur multfilmlarida sinchkov muxlislar e’tiborini tortgan belgi hamda ishoralar (foto)

    05.05.2022, 13:56

    “Titanik”dagi olmos tarixi. Nega Rouz “Ummon qalbi”ni okeanga uloqtiradi?

    03.05.2022, 09:45

    “Avatar-2” filmining ilk kadrlari namoyish etildi (foto)

    02.05.2022, 22:31

    O‘ziga ishonchi past, duduq qizchadan Gollivud yulduzigacha bo‘lgan yo‘l: Emili Blantning aktrisalik faoliyati haqida

    29.04.2022, 20:39

    “Chip va Deyl” to‘liq metrajli filmining yangi treyleri chiqdi (video)

    29.04.2022, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Sud tizimiga sunʼiy intellektni tezroq joriy etish zarur” — Vladimir Norov

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:55

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10

    “Davlat byudjetidan subsidiya va investitsiyalarga xarajat qilmaslik kerak” — Abdulla Abduqodirov

    Iqtisodiyot | 14 iyun, 16:00

    Mashhurlikdan panjara ortigacha: qamoqda o‘tirib chiqqan Gollivud yulduzlari

    Kino | 14 iyun, 15:50

    Bank krediti arzonroqmi yoki nasiya savdo? Markaziy bank tahlili eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 15:20

    “Real” Raul Asensoning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilamoqchi

    Sport | 14 iyun, 15:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.