Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainadagi urush 76 kundan beri davom etmoqda. Ukraina Rossiya gazining uchdan bir qismini Yevropaga tranzit qilishni to‘xtatdi. Rossiya Mudofaa vazirligi Popasnaya shahri “tozalangan”dan so‘ng Lugansk viloyatining ma’muriy chegarasiga yetib borganini ma’lum qildi (viloyat rahbariyati buni tasdiqlamagan). “Azov” polkining Telegram-kanali “Azovstal” himoyachilarining suratlarini e’lon qildi — ular og‘ir jarohatlar bilan, qo‘llari va oyoqlari kesilgan holda qolmoqda. Litva parlamenti Rossiyani “terrorchi davlat” deb e’lon qildi. Meduza 10-may kuni urush zonasidan olingan suratlarni e’lon qildi.

Zaporojye

Ukrainaning eng yirik metallurgiya korxonalaridan biri «Zaporojstal»dagi po‘lat erituvchi. Zavod urush xavfini hisobga olgan holda qurilgan. Uning yerosti bunkerlari omon qolish uchun barcha zarur narsalar: oziq-ovqat va suv zaxiralari, elektr generatorlar va o‘tin yoqiladigan pechlar bilan ta’minlangan.

Foto: AFP

Mudofaa batalonining shtab-kvartirasida tushlik qilayotgan askar.

Foto: Sopa Images

Donbass shimoli

Maksimilyanovka qishlog‘idagi yo‘lda mina borligi haqida ogohlantiruvchi belgi. Bu yerda Rossiya harbiylari zarbalaridan keyin portlamay qolgan snaryadlar aniqlangan.

Foto: AP Photo

Lugansk viloyati Popasnaya shahridagi bozorda Lugansk harbiy xizmatchisi. Otishmalar oqibatida bozor yonib ketgan. Hozir shahar LXR nazorati ostida.

Foto: “TASS”

Ukrainalik harbiy oshpaz dala gospitali oshxonasida tanaffus vaqtida mashq qilmoqda. Popasnaya

Foto: EPA

Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmasi yarador askarga birinchi yordamni ko‘rsatmoqda. Lisichansk.

Lisichansk yaqinidagi dalaga tushgan snaryad.

Mariupol

“Azovstal” zavodi — amalda Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan Mariupoldagi so‘nggi qarshilik markazi. May oyi boshida tinch aholi hududdan evakuatsiya qilingan. 8-may kuni zavodni himoya qilayotgan “Azov” polki vakillari “samarali mudofaa uchun barcha resurslar sarflab bo‘lingani”ni ma’lum qilgan.

Foto: Telegram

“Azov” jangchilarining suratlari batalyonning Telegram-kanalida e’lon qilindi. “Dunyo Mariupolning yarador, jarohatlangan himoyachilari qanday sharoitda ekanligini ko‘rishi va chora ko‘rishi kerak”, — deyiladi suratlar ostida.

Xarkov viloyati

Xarkov yaqinidagi Olxovka qishlog‘i yo‘li chetida yotgan rus askarlarining jasadlari. Qishloq Ukraina qo‘shinlari tomonidan egallab olingan.

Xarkovning Saltovka tumanidagi o‘qqa tutilgan turar joy binolari.

Foto: Reuters

Xarkovda patrullik qilayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi.

Otishmalardan yashirinib maktab yerto‘lasida yashayotgan ayol ibodat qilmoqda. Xarkov, Saltovka

Kiyev

Mudofaa jangchilari Kiyevdagi parkda patrullik qilmoqda.

Mudofaa jangchilari Kiyevdagi parkda patrullik qilmoqda.
Foto: AP Photo

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi