Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya kelajakda Rossiya energiya resurslaridan to‘liq va butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba bilan birga o‘tkazilgan anjumanda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda FAZ.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok
Foto: AP Photo

“Rossiya energiya tashuvchilariga bo‘lgan qaramlik darajamizni nolgacha tushiramiz va bu doimiy ko‘rsatkich bo‘ladi”, — degan Annalena Berbok.

Shuningdek, Berbok Ukrainani xabardor qilmasdan Rossiya bilan yashirin ravishda kelishishga urinish holatlari bo‘lmasligi va bunga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan. Bundan tashqari diplomat Kiyevga Yevropa ittifoqiga kirish uchun ko‘mak berilishi, bunda hech qanday “eng qisqa yo‘l” mavjud emasligini qayd etdi.

8-mayda “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari, jumladan, Germaniya Rossiya nefti importidan bosqichma-bosqich voz kechish yoki AQSH ortidan unga embargo qo‘llashni kelishib olgan. Germaniya iqtisodiyot vazirligi Rossiya neftidan voz kechish og‘ir oqibatlarga olib kelishini, biroq Berlinning mazkur qadamni tashlashga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukraina bilan kelishuvdan keyin olib tashlanishini aytgandi.

“Biz sanksiyalarni bekor qila olamiz va ularni Ukraina bilan kelishgan holda bekor qilishimiz mumkin. Menimcha Kremlda ko‘pchilik buni tushunib yetmayapti. Sanksiyalar Rossiya uchun og‘ir oqibatlarni olib keladi”, — degan Shols.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)