Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Internetda uzoq kutilgan “Avatar: Suv yo‘li-2” filmining birinchi treyleri namoyish etildi. Oradan 13 yil o‘tib, film tomoshabinlari va muxlislari 2022-yilning dekabr oyida premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan kartinaning davomini ko‘radi, de yozadi People Talk.

Foto: “KinoMail.ru”

Foto: “KinoMail.ru”

Bosh qahramon Zoi Saldananing fikricha, filmning davomi hech kimni befarq qoldirmaydi va hammaning aqlini shoshirib qo‘yadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon 20 daqiqalik fragmentni ko‘rgan va bu uni yig‘lashga majbur qilgan. “Tomog‘imga tiqilgan narsa bilan bu haqda gapirish qiyin, men 2021-yilning oxirida ikkinchi qismning 20 daqiqasini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim. Men hech narsa deya olmadim va yig‘lab yubordim. Kartina barchani o‘ziga jalb etishi aniq. ‘Avatar-2’ birinchi filmga nisbatan haqiqatan ham oldinga o‘tib ketdi, shuning uchun siz bunday unutilmas sarguzashtga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak deb o‘ylayman”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?