Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Sergeli tumanida MCHJ rahbari ta’sischining mulkini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lishicha, “S.I.” MCHJ sobiq rahbari S.R. o‘ziga ishonib topshirilgan 8 dona qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi uskunalarini MCHJ ta’sischisi xorij fuqarosi T.ning o‘z yurtiga ketganidan foydalanib 22 ming dollarga sotib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)