Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tolibon” harakatining oliy rahbari Haybatulla Ohundzoda Afg‘onistonda ayollarning yuz va tanani to‘liq yopadigan paranji(burqa)siz ko‘chaga chiqishini taqiqlovchi farmonni imzoladi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

BBC News xabariga ko‘ra, hujjat Illatlarning oldini olish va ezgulikni targ‘ib qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Farmonda ayollarning ko‘chada muhim ishi bo‘lmasa, uyda o‘tirgani ma’qul ekani ham qayd etilgan.

Paranji kiyishdan bosh tortganlik uchun jazo bor. Agar ayol ko‘chaga birinchi marta yuzi ochiq holda chiqsa, uning uyiga “Tolibon” vakillari kelib, turmush o‘rtog‘i, aka-ukasi yoki otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazadi. Ikkinchi safar ayolning xatti-harakati uchun mas’ul bo‘lgan erkak tushuntirish uchun vazirlikka chaqiriladi. Agar bu hol uchinchi marta sodir bo‘lsa, erkak vasiy sudlanadi va uch kunga qamaladi.

“Tolibon” 1990-yillarda Afg‘onistonda birinchi marta hokimiyat tepasiga kelganidayoq paranji kiyish majburiyatini joriy qilgandi. Harakat 2021-yilning avgustida AQSH va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilishi fonida mamlakatda hokimiyatni qayta tikladi. Shundan so‘ng toliblar ayollarga bir qator cheklov va taqiqlarni joriy qildi. Jumladan, afg‘onistonlik ayollarga erkaklar hamrohligisiz shifokor qabuliga borish,  filmlarda rol o‘ynash taqiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi
Mahalliy
“Vazirlikdagilarning 30 mln so‘m oyligi bir kun ham kechikmaydi, biz esa 3 millionga yetmagan pulimizni oylab kutamiz”. Energetikaning ayrim xodimlari “o‘gay”mi?
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times