Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa murojaatida Serbiya 100 foiz Rossiya gaziga qaram ekanini va bu qaramlik kamida ikki yil davom etishini aytdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Belgrad “Gazprom” bilan yangi uzoq muddatli gaz shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Joriy muddati 31-mayda tugaydi.
Gazga kelsak, biz “Gazprom” bilan gaz sotib olish borasida muzokaralarni boshlayapmiz. Biz 100 foiz Rossiya gaziga qarammiz, yana kamida ikki yil, balki undan ham ko‘proq vaqt bu davom etishi mumkin. Biz may oyining oxirigacha yangi kelishuv tayyorlamoqchimiz, — deydi Vuchich.Serbiya Rossiya bilan gaz bo‘yicha 10 yillik shartnoma tuzishni rejalashtirgan.
Serbiyaning “Srbiyagaz” davlat kompaniyasi va “Gazprom” o‘rtasidagi 31-mayga qadar amal qiladigan shartnomada 6 million kub metr yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
3-may kuni Aleksandr Vuchich Serbiya Gretsiyadan arzonlashtirilgan tabiiy gaz sotib olishini e’lon qildi. Loyiha Yevropa Ittifoqining Rossiya gaziga qaramligini kamaytirishi kerak.
Avvalroq Vuchich Serbiya prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongani ma’lum qilgandi.
Izoh (0)