Fransiyaning Yelisey saroyida qayta saylangan prezident Emmanuel Makronning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda BFMTV telekanali.
Makron yana besh yil davomida mamlakatni boshqarish uchun rasman lavozimiga kirishdi. Marosim chog‘ida mamlakat Konstitutsiyaviy kengashi rahbari Loran Fabius prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalarini qayta e’lon qildi.
Fabius Makronni respublika prezidenti etib tayinladi, so‘ng Fransiya rahbari Faxriy legionning grossmeysteri deb e’lon qilindi – shu tariqa uning ikkinchi muddati rasman boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, 25-aprel kuni Makron mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan, uning raqibi Marin Le Pen mag‘lubiyatini tan olgan edi. Fransiyaning amaldagi rahbari g‘alabasi e’lon qilinganidan keyin mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi. Boz ustiga, saylovchilar bilan uchrashuvda Makronga pomidor uloqtirishdi.
Izoh (0)