Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Konferensiyalar Ligasining 1/2 final bosqichi dastlabki o‘yinida “Roma” 29-aprel, payshanba kuni “Lester” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ingliz klubi mezbonligida o‘tgan 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dastlab 15-daqiqada Lorenso Pellegrini “Roma”ning tezkor hujumini gol bilan yakunlab, hisobni ochdi. Biroq Ademola Lukman 67-daqiqada jarima maydonchasi ichidan mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi va “tulkilar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa “Roma” Angliyada kechgan bahsda “Lester” bilan durangga imzo chekdi. Tomonlarning Rimdagi javob uchrashuvi 5-may sanasiga belgilangan.

Qayd etish kerak, mazkur uchrashuvda “Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov maydonga tushirilmadi. 26 yoshli hujumchi 1/4 final doirasidagi “Budyo-Glimt”ga (Norvegiya) qarshi bahsda ham zaxirada qolgandi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida “Feyenoord” (Niderlandiya) o‘z maydonida “Marsel”dan (Fransiya) ustun keldi.

Konferensiyalar Ligasi

1/2 final, dastlabki bahslar

28-aprel, payshanba

“Lester” Angliya – “Roma” Italiya 1:1

Gollar: 0:1 – 15 Pellegrini, 1:1 – 67 Lukman.

“Lester”: Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Fofana, Kastan (Jastin, 21), Tilemans, Meddison, Dyuzberi-Holl, Olbrayton (Barns, 62), Vardi (Iheanacho, 62), Lukman (Peres, 84).

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Zalevski (Vinya, 85), Mxitaryan (Veretu, 57), Kristante, Pellegrini (Afena-Gyan, 85), Zanyolo (Serjiu Oliveyra, 69), Abraham.

Ogohlantirishlar: Abraham (8), Dyuzberi-Holl (26), Vardi (59), Zanyolo (63).

“Feyenoord” Niderlandiya – “Marsel” Fransiya 3:2

Gollar: 1:0 – 18 Dessers, 2:0 – 20 Sinisterra, 2:1 – 28 Dyeng, 2:2 – 40 Jerson, 3:2 – 46 Dessers.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi