• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Real hayotda ekrandagidan ko‘ra ko‘proq hurmatga sazovor ekanini isbotlaydigan jahon yulduzlari (foto)

    Tug‘ruqdan olti oy o‘tgach, mashaqqatli sport musobaqalarida qatnashish, jinoyatchilarni ushlash, bolalikdagi orzularni ro‘yobga chiqarish va asalarilarni yo‘q bo‘lib ketishdan qutqarish — bu biz bilgan sevimli yulduzlar amalga oshirgan ishlarning bir nechtasi xolos.

    AdMe nashri jahonga mashhur kishilar haqidagi yangi faktlarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi va bu safar ekrandagiga qaraganda ancha jasoratli qahramonlar ketma-ketligini taqdim etdi.

    Adel konserti oldidan 12 yoshli bemor muxlisini borib ko‘rgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    12 yoshli Rebekka qo‘shiqchining konsertlariga borish uchun juda zaif edi va onasi tashrif buyurishni iltimos qilib, Adelga xat yozishga qaror qildi. Adelning menejeri Rebekkaning onasining xatlariga javob bergan bo‘lsa-da, qo‘shiqchining o‘zi bu xabarni ko‘rmaguncha hech narsa o‘zgarmas edi. Kechiktirmasdan, u konserti oldidan Rebekkanikiga tashrif buyurdi va shu tariqa bemor qizning orzusini amalga oshirdi.

    Sheron Stoun universitetga qaytgan va 58 yoshida ilmiy darajaga erishdi 

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    43 yoshida aktrisa insultni boshdan kechirdi, lekin dastlab bunga ishonishmadi, uni shunchaki rol o‘ynayapti, deb taxmin qilishdi va hatto uni uyiga qaytarishni xohlashdi. Faqat miya o‘rganilgach, hamma narsa qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatdi. 3 yil davomida Sheron hatto ismini ham yoza olmadi, eshitish va ko‘rishda muammolarga uchradi. Eri ajrashish uchun ariza berdi va o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketdi. Ammo Sheronga o‘zini qayta tiklash qiyin bo‘ldi: u gapirish, o‘qish va yozishni qayta o‘rgandi, o‘g‘lining vasiyligini qaytarib oldi va 58 yoshida universitet diplomini oldi.

    Jennifer Lopes tug‘ruq jarayonidan 6 oy o‘tgach, triatlon bo‘yicha musobaqada qatnashadi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2008-yilda xonanda 800 metrga suzish, qariyb 29 kilometrga velosport va 6,4 kilometrga yugurish musobaqalarida qatnashib, u uchun hech narsa mumkin emasligini isbotladi. Xuddi shu musobaqada Metyu Makkonahi ham ishtirok etgan. Lopes murabbiy bilan triatlon bo‘yicha mashg‘ulotlar unga tug‘ruqdan keyin o‘z qomatini tartibga solishga yordam beradi, deb umid qildi. Triatlon kutilmagan hodisalardan xoli bo‘lmadi: Jennifer suzishdan so‘ng suvdan chiqqanida, masofani davom ettirish uchun zarur bo‘lgan ba’zi narsalari g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Boshqa ishtirokchilar unga futbolka va krossovka berishdi va xonanda triatlonni 2 soat-u 23 daqiqada yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

    Rouen Atkinson duduqlanishni yenggan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Taniqli rejissorlarni qiziqtirish va aktyorlik sohasida muvaffaqiyatga erishish, ajoyib tashqi ko‘rinishga ega bo‘lmasdan, bu ham yetmaganidek qo‘shimcha ravishda duduqlansa, yanada qiyin. Ammo Rouen Atkinson uddaladi. Nutqidagi nuqsoniga qaramay, u aktyorlik cho‘qqisiga chiqishiga uringanida, xarakter jihatidan o‘zidan farq qiladigan qahramon roliga ko‘nikib qolgan zahoti duduqlanishni to‘xtatganini birdan payqadi.

    Aktyor rol olish umidida kinostudiyalar ostonasini taqillatish o‘rniga, o‘zining “Janob Bin” serialini o‘ylab topdi, u yerda bosh qahramon – o‘zini boladek tutadigan odamni ijro etdi. Ushbu sitkom “Oltin atirgul”ni oldi va dunyoning 245 mamlakatida sotildi. Atkinsonning o‘zi san’atdagi xizmatlari uchun ritsarlik ordeni oldi.

    Selena Gomes 12 marta Ginnes rekordini o‘rnatgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Selena Gomes 3 yil ichida 12 marta rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 2017-yilda qo‘shiqchi 11,1 million obunachi bilan TikTok’da eng ko‘p kuzatilgan ayol bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bundan tashqari, u eng mashhur aktrisalardan biri va Kids’ Choice Awards mukofotini qo'lga kiritganidan keyin ikki marta rekord o‘rnatdi.

    Tom Xardi moped o‘g‘risini ushlagan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Tom Xardi mopedni o‘g‘irlagan jinoyatchining ortidan quvib, unga yetib olgan va uni bo‘ynidan ushlab, hibsga olganida haqiqiy superqahramonga o‘xshardi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u buni yigit jazolanishi va kelajakda yaxshilanishi uchun qilgan.

    Eminem— dunyodagi eng yaxshi otalardan biri

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Lose Youself qo‘shig‘i Eminemga “Oskar” olib keldi, ammo u taqdirlash marosimida qatnashmadi. Buning o‘rniga u qizini uxlatdi, chunki qiz ertasi kuni maktabga erta turishi kerak edi. Mashhur reperni chinakam namunali dada deb hisoblash mumkin, chunki Eminem uyda hech qachon odobsiz iboralarni ishlatmagan va qizi Xeylidan tashqari, avvallari og‘ir sharoitda o‘sgan yana 2 qizni o‘zinikidek tarbiyalagan.

    Morgan Friman 65 yoshida uchuvchilik guvohnomasini oldi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Morgan Friman yoshligidan uchishni orzu qilgan va yoshligida dramatik  sa’nat stipendiyasini aviatsiyada ishlash uchun rad etgan va buning natijasida u 1-darajali uchuvchi darajasiga ko‘tarilgan. Shundan so‘ng Friman kino sohasida karyerasini qurishni boshladi va 65 yoshida u yana uchuvchilik saboqlarini o‘rganib, litsenziya oldi.

    Ledi Gaga qancha ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritsa, ulardan tushgan pullarning hammasini ehson qiladi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2010-yilda Ledi Gaga shoudan topgan barcha pullarini Gaitidagi tabiiy ofatlardan jabrlangan odamlarga berishga qaror qildi. Natijada bu summa 500 ming dollardan oshdi. Biroq mashhur yulduz nafaqat mehribonligi va saxovatliligi, balki iste’dodi ko‘lami bilan ham hayratga soladi: “Yulduz tug‘ildi” (2018) filmi uchun u bir yil ichida “Oskar” “Gremmi”, “Oltin globus” va BAFTA kabi barcha mukofotlarni olgan birinchi ayol bo‘ldi.

    Anjelina Joli asalarilarning yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun kurashadi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2021-yilda Anjelina Joli odamlarning e’tiborini ularning yo‘q bo'lib ketishi muammosiga qaratish va 50 nafar asalarichi ayolni qo‘riqxonalarda ishga joylashtirishga yordam berish uchun tanasini asalari bilan qoplagan. Ushbu fotosessiyadan 3 kun oldin, aktrisaga dush qabul qilish taqiqlangan, chunki uning terisidagi har qanday begona hid, shu jumladan shampun hidi hasharotlarni o‘zidan uzoqlashtirishi mumkin. Rasmga tushirish vaqtida yulduzning tanasi asalarilarni o‘ziga jalb qilishi va shu bilan birga ularning to‘planishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun feromon bilan qoplangan. Suratga olish 18 daqiqa davom etdi va xayriyatki, hech qanday muammo bo‘lmadi.

    Mavzuga doir:

    • Rol uchun 4 marta semirib, ozgan hamda sun’iy soch taqishini yashirmaydi: Gollivud yulduzlari haqidagi fikringizni o‘zgartirib yuboradigan ma’lumotlar
    • Filmlardagi obrazlari ishonchli chiqishi uchun hayotini xavf ostiga qo‘ygan jahon kinosi yulduzlari (foto)
    • Karyerasining barbod bo‘lishiga o‘zi sababchi bo‘lgan jahonga mashhur kishilar (foto)

    06.05.2022, 13:50   Izoh (0)   26613
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bill Geyts ajrashganidan bir yil o‘tib sobiq rafiqasiga qayta uylanish istagini bildirdi

    05.05.2022, 16:56

    Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i uning san’atni butunlay tark etgani hamda to‘ylarga chiqmasligini ma’lum qildi. Xonandaning o‘zi bu gaplarni inkor etdi (vide...

    05.05.2022, 15:49

    Met Gala-2022 qizil yo‘lagidagi mashhurlarning eng yaxshi obrazlari (foto)

    05.05.2022, 11:45

    Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    04.05.2022, 20:43

    Instagram: Munisa Rizayeva garajidagi qimmatbaho avtomobillar, Umradan qaytgan Rayhon Ulasenova, farzandli bo‘lgan san’atkorlar

    03.05.2022, 22:24

    Obrazidagi noodatiy aksessuar tufayli hammani o‘ziga qaratgan Gollivud yulduzlari (foto)

    03.05.2022, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.