Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan Qibray tumanida yer talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq navbatdagi jinoyat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, tumandagi “S.I.” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “D.M.” xususiy korxonasining norasmiy rahbari hisoblanuvchi B.I. va rahbari F.K. MCHJ balansidagi Salar massivi “Bobur” MFY hududida joylashgan 66,02 ball bonitetli 1 gektar yer uchastkasidagi issiqxonani qayta rekonstruksiya qilishga “ruxsatnoma” olgan. Ular qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkasida qurilish ishlarini boshlab, sug‘oriladigan ekin yer maydonini muomaladan chiqargan va 1,029 milliard so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, F.K. bir vaqtning o‘zida MCHJ rahbari bo‘la turib, ushbu jamiyatlarning norasmiy rahbari B.I. bilan birgalikda “Agrokimyohimoyaservis” MCHJ balansidagi, 2021-yilda auksion savdolari orqali “D.M.”ga sotib yuborilgan 4,13 gektar sug‘oriladigan yer uchastkasining 0,75 gektar qismida ham qurilish ishlarini boshlab, 774 million so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan F.K., B.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda fermer xo‘jaligiga tegishli 6 sotix yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani, Qarshi shahrining amaldagi va sobiq hokimi 156 milliard so‘m bo‘lgan yerni noqonuniy berib yuborgani, Navoiyda noqonuniy uy-joy qurish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov