• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    The Economist: Germaniya Rossiya energiyasiga qanchalik qaram?

    2-may kuni Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner va iqtisod vaziri Robert Xabek hukumat Yevropa ittifoqining Rossiya neft importini taqiqlashini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqda The Economist xabar bermoqda.

    Foto: The Economist

    Foto: The Economist

    Germaniyaning qo‘llab-quvvatlashi Yevropa komissiyasiga 4-may kuni yil oxiriga qadar bunday embargoni e’lon qilish imkonini berdi, ammo bu uchun 27 ittifoqqa a’zo hukumatning barchasi rozilik bildirishi kerak.

    Shunga qaramay, sanoati og‘ir bo‘lgan Germaniya uchun neft gazga qaraganda ancha kichikroq muammodir. Nemis siyosatchilarining aytishicha, Rossiyadan gaz importini to‘satdan taqiqlash amalga oshirib bo‘lmaydigan hodisa.

    Germaniya iqtisodiyoti Rossiya energetikasiga qanchalik bog‘liq?

    Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan tashqari, Germaniyaning yagona mahalliy energiya manbai qo‘ng‘ir ko‘mir hisoblanadi.

    Qo‘ng‘ir ko‘mir birlamchi energiya iste’molining taxminan 9 foizni tashkil etadigan iflos ko‘mirdir (ya’ni elektr energiyasi kabi ikkilamchi jarayonlar emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri neft yoki o‘tin kabi tabiiy resurslardan olinadi).

    Ammo mamlakat yoqadigan qazilma yoqilg‘ilarning katta qismi, qolgan uchta atom elektr stansiyasini quvvatlaydigan uran import qilinadi. Neft va gaz birgalikda birlamchi energiyaning qariyb 60 foizni tashkil qiladi.

     

    Rossiya uzoq vaqt davomida ikkala yoqilg‘ining ham eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lgan. Ukrainadagi urush arafasida Germaniya neftining uchdan bir qismini, ko‘mir importining yarmini va gazning yarmidan ko‘pini Rossiya ta’minlagan.

    Bu qaramlik yarim asrdan ko‘proq vaqt oldin boshlangan. 1960-yillarda o‘sha paytdagi G‘arbiy Germaniyaning og‘ir sanoati arzon energiyaga muhtoj va Sovet Ittifoqini zarur gaz quvurlari bilan ta’minlashga tayyor edi.

    Shu bilan birga, G‘arbiy Germaniya hukumatlari Sovetlar bilan siyosiy munosabatlarni yumshatishga harakat qilgan edi.

    Keyinchalik ular Wandel durh Handel (savdo orqali o‘zgarish) shiori ostida iqtisodiy aloqalarni kengaytirib, Ukrainani chetlab o‘tib, Germaniyani Boltiq dengizi ostidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya gazi bilan bog‘laydigan “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlari qurilishiga kelishgan.

    Urushdan oldin kansler Olaf Shols hali ish boshlamagan “Shimoliy oqim-2”ga to‘sqinlik qilgan edi.

     

    Rossiya ko‘miri va nefti importi allaqachon bosqichma-bosqich to‘xtatilmoqda.

    Urush boshlanganidan beri Germaniyada Rossiyadan keladigan neft importining ulushi 35 foizdan 12 foizgacha kamaydi. Ko‘mir importi 50 foizdan 8 foizgacha kamaydi.

    26-aprel kuni iqtisod vaziri Germaniyada Rossiya neftini to‘xtatish uchun barcha tayyorgarlik bir necha kun ichida amalga oshirilishi kerakligini aytdi. Hukumat Rossiyaga tegishli energetika aktivlarini ham musodara qilishni boshladi.

    4-aprel kuni Germaniyaning tarmoq regulyatori “Gazprom” sho‘ba korxonasiga tegishli gaz saqlash inshootini nazoratga oldi. Parlament a’zolari “Rosneft”ning mamlakatdagi asosiy neftni qayta ishlash zavodini ekspropriatsiya qilish to‘g‘risida qonun tayyorlamoqda.

    Germaniya hamon Rossiya gaziga qattiq qaram. Urushdan keyin Rossiya depozitlarining ulushi 55 foizdan 35 foizgacha kamaydi. Keyingi qisqarishlar og‘riqli bo‘ladi.

     

    Birinchi muammo shundaki, Germaniya barcha gazni quvurlar orqali oladi va hali suyultirilgan gaz (LNG) importi uchun ishlaydigan terminallarga ega emas.

    Aprel oyi o‘rtalarida Moliya vazirligi qishgacha ishga tushishi mumkin bo‘lgan suzuvchi terminallarni ijaraga olish uchun 2,5 milliard yevro ajratdi.

    Shuningdek, u tegishli terminallar qurilishini tezlashtirishga va’da berdi, ammo ular ko‘p yillar davomida tayyor bo‘lmaydi. Ungacha Germaniya boshqa davlatlar orqali LNG import qilishi kerak bo‘ladi.

     

    Ikkinchi muammo Germaniyaning sanoat ta’minot zanjirlari gaz tanqisligi va yuqori energiya narxlari tufayli zaifligidir.

    Oltita yetakchi iqtisodiy tadqiqot instituti tahliliga ko‘ra, agar Rossiya ta’minoti to‘xtatilsa, gaz qish oxirigacha ratsionga berilishi kerak bo‘ladi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya energetikasiga to‘liq embargo qo‘llanilishi yalpi ichki mahsulotning 2-6 foizga qisqarishiga olib keladi.

    Aksariyat germaniyaliklar hukumatning mamlakatni asta-sekin Rossiya gazidan mahrum qilish yondashuvini ma’qullaydi.

    Yevropaning boshqa davlatlari singari Germaniya ham gaz va neft yetkazib berishni diversifikatsiya qilish uchun yetarlicha sarmoya kiritmagan. Natijada Rossiya energetikasiga qaramlik yuzaga keladi, bu esa uni mamlakatga qarshi tezkor sanksiyalarga rozi bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.

    Uning rahbarlari neft embargosi ​​g‘oyasiga ishtiyoq bilan qarashlari mumkin, ammo uning gazga bo‘lgan bog‘liqligi hali bir qancha vaqt davom etadi.

    05.05.2022, 23:11   Izoh (0)   14717
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi zamon: Yevropa issiqlik va elektr energiyasining yuqori narxlariga qanday ko‘nikmoqda?

    05.05.2022, 21:33

    Turkiyada inflyatsiya 2002-yildan beri ilk marta 70 foizgacha o‘sdi

    05.05.2022, 20:44

    Yil boshidan beri Rossiyaga qancha o‘zbekistonlik ishlash uchun ketgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2022, 18:11

    Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha rossiyalik kelgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2022, 17:59

    O‘zbekiston may boshida rossiyalik sayyohlarni qiziqtirish bo‘yicha Turkiyani ortda qoldirdi

    05.05.2022, 13:13

    Yevropada inflyatsiya rekord darajaga yetdi

    29.04.2022, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 25 yil oldin prezident bo‘lishni xohlamaganini aytdi

    Dunyo | 13 iyul, 18:11

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.