Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda Toshkent shahrida ham 250 kilometr sement-beton qoplamali yo‘llar qurilishi aytildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu ishlar uchun Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion so‘mga yana 200 milliard so‘m yo‘naltiradi. Bulardan tashqari, 2022-yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo‘laklari barpo etish reja qilingani, ular ham sement-betondan bo‘lishi kerakligi aytilgan.
Mart oyida 25 kun davom etgan yog‘ingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatgan. Shu bois, ushbu yo‘laklarni loyihalashda lotoklar qurishga ham alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etilgan.