Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining bodikamerasi orqali yozib olingan video tarqaldi, unda xodimlar haydovchini haqorat qilgani tasvirlangan. Jizzax viloyati IIB JXX YHXB holatga munosabat bildirib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Videolavhada YPX inspektori va haydovchining o‘zaro tortishuvi va YPX xodimining xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamerasi xotirasidagi videolavhalar aks etgan holatlarni ko‘rish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 12-mart kuni soat taxminan 22:50 larda haydovchi X.SH. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasida Jizzax shahar Mustaqillik ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Tungi xizmatga jalb etilgan YPX inspektorlari safdor A.Shodmonov va boshqalar tomonidan surishtiruv davomida haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida mast holatda ekani aniqlangan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133 va 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) 1-qismi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi va fuqaro X.Sh.ning advokati so‘roviga asosan YPX inspektori safdor A.Shodmonovning xizmatda biriktirilgan bodikamera xotirasidagi videolavhalar CD-disk bilan to‘plangan hujjatlarga qo‘shib, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga 2022-yil 29-aprel kuni tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qayta yuborilgan.

YPX inspektori safdor A.Shodmonovning xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamerasi xotirasidagi videolavhada 2022-yilning 12-mart kuni soat 23:03 larda shu yerda xizmatda bo‘lgan YPX inspektorlari bilan o‘zaro muloqot chog‘ida haqoratomuz so‘zlar aytgani aks etgan.

Shuningdek, 2022-yilning 28-aprel kuni soat taxminan 15:30 larda YPX inspektori safdor A.Shodmonov tomonidan Jizzax shahar O.Azimov ko‘chasida Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisi (X.Sh.ning o‘g‘li) I.D.ni harakat davomida uyali aloqa vositasida foydalanib kelgani uchun to‘xtatgan. Haydovchi qoidabuzarligini tan olmagan va holat yuzasidan qog‘oz shakldagi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni talab etgan hamda YPX inspektori va haydovchi o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.

Hozirda Jizzax viloyati IIB JXX YHXB tomonidan ushbu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan xodimlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda holatga aniqlik kiritish maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Chiroqchida YPX xodimlariga tajovuz qilgan 7 nafar fuqaro 15 sutkaga qamalgani, Farg‘onada shorti kiygan haydovchiga e’tiroz bildirgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani, Toshkent viloyatida Matiz haydovchisi va YPX xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi