Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda har yili 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga aylanmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam ta’minlangan aholini bepul iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, birgina Toshkent shahrida har kuni 2 tonnaga, yiliga 730 tonnaga yaqin non mahsuloti chiqindiga tashlanadi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan jami oziq-ovqat mahsulotlarining 1,64 milliard tonnasi (jami oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi) chiqindiga aylangan. Qayd etilishicha, yo‘qotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining faqatgina 25 foizi butun dunyodagi ochlik muammosini to‘liq hal qilishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga xayriya qilingan mahsulotlar uchun soliq yukining yuqoriligi, fudshering platformalarining mavjud emasligi, oziq-ovqat banklari faoliyatining yo‘lga qo‘yilmagani kabi muammolar sabab bo‘lmoqda.

Tadbirda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish borasida Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Yaponiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarda qo‘llanayotgan choralar, xususan, xayriya faoliyati uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, fudshering platformalari va oziq-ovqat banklari faoliyatini rivojlantirish, yaroqlilik muddatini belgilash tizimini takomillashtirish kabilarni O‘zbekistonda ham joriy etish masalasi muhokama qilinib, vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

Tadbir yakunida oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligining oldini olish tizimini strategik takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalangan holda aholini bepul oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga kelishib olingan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahri bo‘yicha 606 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari mavjud. Chiqindi yig‘ish shoxobchalarining 71 foizi Toshkent shahar “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasiga, qolgan 29 foizi esa xususiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga tegishli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi
Dunyo
KXDR Yaponiyaga qarata raketa uchirdi, u tarixdagi eng uzoq parvozni amalga oshirdi