Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda 16-iyundan boshlab chiqindilarni saralab yig‘ish uchun rangli paketlarni tarqatish boshlanadi. Maxsus yorliq yopishtirilgan mashinalar 2021-yil 1-iyuldan boshlab yangi jadval bo‘yicha ishlashni boshlaydi. Bu haqda poytaxt hokimligiga tayanib, “Podrobno” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Loyihani 2021-yildan boshlab uch yil davomida joriy etish rejalashtirilmoqda.

Qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqichda (2021-yil) — Toshkent hokimligi tomonidan ro‘yxati tuzilgan 24 ta mahalla hududida (har bir tumanda ikkitadan) chiqindilarni “qayta ishlanuvchi”, “qayta ishlanmaydigan” va “organik” toifalarga bo‘lingan holda yig‘ish;
  • ikkinchi bosqichda (2022-yil) — “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi xizmat ko‘rsatuvchi barcha turdagi individual turar joy sektorlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanuvchi”, “qayta ishlanmaydigan” va “organik” toifalarga bo‘lingan holda yig‘ish;
  • uchinchi bosqichda (2023-yil) — barcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanuvchi”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga bo‘lgan holda yig‘ish.
“Aholisi 2,3 million kishidan oshadigan Toshkent kabi shaharda chiqindilarni saralab yig‘ishni joriy etish ozon vazifa emas. Maishiy chiqindilarni ajratishga shaharning butun aholisini ham jalb etish kerak. Dasturning uzoq muddatli tashkiliy va moliyaviy barqarorligi shahar farovonligi uchun juda muhim. ‘Maxsustrans’ DUK barqaror dasturni ishga tushirishda aynan shu kabi vazifani o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Toshkent shahridagi maishiy chiqindilar tashlanadigan Ohangaron tumanidagi poligon 98 foizga to‘lgani ma’lum qilingandi. Senator Bahodir To‘ychiyev O‘zbekistonda 2028-yilgacha chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatini barcha hududlarda 100 foizga yetkazish rejalashtirilganini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi