Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Ayaks” bosh murabbiyi Erik ten Hag “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida manchesterliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Manchester Yunayted”

Foto: “Manchester Yunayted”

Mankunianliklar niderlandiyalik murabbiy bilan 2025-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan.

Ten Hag 2022/23-yilgi mavsumdan boshlab “qizil iblislar” boshqaruviga o‘tadi. 52 yoshli mutaxassis hozirda “Ayaks”da faoliyat olib bormoqda. “Manchester Yunayted” murabbiy uchun Niderlandiya jamoasiga 2 million yevro tovon puli to‘laydi.

“Ayaks” ten Hag boshchiligida 2 martadan Niderlandiya chempionligi va Niderlandiya Kubogini qo‘lga kiritgan, bir marta Superkubokda zafar quchgan. 2019-yilda amsterdamliklar Chempionlar Ligasi yarim finalida o‘ynagan.

Erik ten Hag faoliyati davomida “Bavariya”ning ikkinchi jamoasi, “Gou Ehed Igls” va “Utrext”da ishlagan. “Manchester Yunayted” murabbiy uchun Niderlandiyadan tashqarida yuqori diviziondagi ilk tajriba hisoblanadi.

“Manchester Yunayted” 2021/22-yilgi mavsum APLda 54 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...