“Manchester Siti” APLning qoldirilgan 30-turida “Brayton”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Pep Gvardiola “shaharliklar” bosh murabbiyi sifatida 250-g‘alabasiga erishdi. Ispaniyalik mutaxassis bu natijaga erishishi uchun barcha musobaqalar doirasida 344 ta o‘yin o‘tkazish kifoya qildi. Bu APL klublarida ishlagan murabbiylar ichida rekord natija hisoblanadi.
“Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”ni boshqargan Joze Mourinyoga 250 ta g‘alabaga erishish uchun 396 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Kenni Dalglish (“Liverpul”, “Blekbern”, “Nyukasl”) 429, Arsen Venger (“Arsenal”) 433, Don Revi (“Lids”) esa 439 o‘yinda 250 ta g‘alabaga erishgan.
“Manchester Siti” 32 o‘yinda 77 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)