Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 33-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Roma” 18-aprel, dushanba kuni “Napoli” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Neapolda o‘tgan bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. 11-daqiqada Lorenso Insinye 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni ochgan bo‘lsa, 90+1-daqiqada Stefan ash-Shaaravi “bo‘rilar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

“Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov mazkur bahsda maydonga tushirilmadi.

Ushbu durangdan keyin “Roma”ning ochkolari soni 58 taga yetdi, jamoa 5-o‘rinda bormoqda. “Napoli” (67) esa 3-pog‘onani band etgan.

A Seriya

33-tur bahsi

18-aprel, dushanba

“Napoli” – “Roma” 1:1

Gollar: 1:0 – 11, penalti Insinye, 1:1 – 90 El-Shaaravi.

“Napoli”: Meret, Zanoli, Kulibali, Rrahmani, Mariu Ruy, Lobotka (Zelinski, 57), Fabian Ruis (Demme, 68), Zambo-Angissa, Insinye (Jezus, 82), Losano (Elmaz, 68), Osimhen (Mertens, 83).

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini (Karles Peres, 84), Rojer, Zalevski (ash-Shaaravi, 75), Serjiu Oliveyra (Veretu, 75), Kristante (Mxitaryan, 46), Pellegrini, Zaniolo (Afena-Gyan, 86), Abraham.

Ogohlantirishlar: Kristante (17), Kulibali (37), Zanoli (52), Losano (62), Insinye (64), Zaniolo (71).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi