Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent viloyati Toshkent tumanida 7-aprel kuni xonadonlardan birida noqonuniy boqilayotgan sher 3 yoshli qizchaga hamla qilgani haqida xabar berilgandi. “Millar” informatsion dasturida holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, sherning egasi uni Instagram orqali qo‘shni davlatdan sotib olgan. Jonivorning egasi bo‘lgan fuqaro Sh.A. (2004-yilda tug‘ilgan)dan ushbu sher bolasini olib kelish, saqlash kabi holatlar bo‘yicha kerakli hujjatlar so‘ralganda hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytib, o‘zining qiziqishi tufayli hovlisida boqishini bildirgan. Sher bolasi sud qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha saqlash uchun pitomnikka topshirilgan.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

“Do‘konga qizimga sut olish uchun chiqqan edik. Sher orqadan birdaniga hamla qilib, bolamni tortib olib ketib qoldi. Agar o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmaganda sher bolamni yeb qo‘ygan bo‘lardi. Xudo qanaqadir kuch berdi, ustiga tashlanib, pastki jag‘ini ochishga harakat qildim, tepa og‘zini ochishga kimdir yordam berdi. Sherning og‘zi ichida edi bolam, faqat og‘riyapti deb yig‘layotgandi”, — deydi onasi

Bola hozirda Toshkent shahridagi 2-son bolalar jarrohlik klinik shifoxonasida davolanmoqda,

Foto : Telegram / “Xalq dardi”

Foto : Telegram / “Xalq dardi”

“Sher jabrlanuvchining boshi, o‘ng yelka va dahan sohasidan tishlagani aniqlandi. Qiz quturishga qarshi vaksinatsiya qilindi. Bolaning bosh miya, bosh qutisida sinish, o‘zgarishlar yo‘q ekan. Bolaning hayotiga xavf soladigan alomatlar yo‘q. Vetbo‘limdan ma’lumot olib kelindi, sher quturmagan”, — deydi reabilitolog shifokor.

Holat yuzasidan hujjatlar jamlanmasi sudga taqdim etiladi. Sudning yakuniy qarori chiqqach, sherning egasi, hayvonot bog‘i yoki pitomnikka berilishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi