• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Titanik” cho‘kkaniga 110 yil bo‘ldi. Kema aks etgan arxiv kadrlar, ko‘pchilikka noma’lum ma’lumotlar

    Bundan 110 yil avval, 1912-yil 15-aprelda, “Titanik” kemasi aysbergga urilib, cho‘kib ketgan. U 10-aprelda o‘zining ilk va so‘nggi sayohatini boshlagandi. Oradan to‘rt kun o‘tib esa Atlantika okeani tubiga g‘arq bo‘lib, 1500 nafardan ortiq insonni hayotdan olib ketgan. “Daryo” kema bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    “Titanik” qurilishi vaqtidayoq sakkiz nafar kishi halok bo‘lgan

    Ulardan bor-yo‘g‘i besh nafarining ism-sharifi ma’lum: Sеmyuel Skott, Jon Kelli, Uilyam Klark, Jeyms Dobbin hamda Robert Myorfi. 2012-yilda Belfastda ularning xotirasiga toshlavha ochilgan.

    Halokatdan so‘ng atigi bir oy o‘tib, “Titanik” haqidagi birinchi film chiqadi 

    “Omon qolgan ayol” (Saved from the Titanic, 1912) nomli ushbu kartinada aktrisa Doroti Gibson bosh rolni ijro etgan.

    Qizig‘i shundaki, aktrisa chindan ham omon qolgan 700 nafar yo‘lovchidan biri edi. U filmda hatto kemada kiygan ko‘ylak va poyabzalida ko‘rinish beradi.

    Film muvaffaqiyatli chiqqaniga qaramay, bugungi kungacha saqlanib qolmagan: yagona nusxasi yong‘inda kuyib ketgan.

    Uchinchi klass yo‘lovchilari uchun atigi ikki dona vanna ajratilgandi

    Ularga yaratilgan sharoit o‘rtamiyona kemadagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgani haqidagi fikrlarga qaramay, ahvol ancha og‘ir bo‘lgan. ABC News ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy soni 700 dan 1000 nafargacha yetgan ushbu yo‘lovchilar bor-yo‘g‘i ikkita vannani o‘zaro baham ko‘rishga majbur bo‘lgan.

    Kema orkestri yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun musiqa ijro etgan

    Ular qahramonlik ko‘rsatgandi: BBC ma’lumotlariga ko‘ra, mashshoqlar kema aysbergga urilganidan so‘ng ikki soat davomida musiqa chalgan.

    Kemada violonchel chalgan Roje Briku esa yaqin yillargacha rasman vafot etganlar qatorida bo‘lmagan. Falokat vaqtida u bor-yo‘g‘i 21 yoshda edi. Orkestrning barcha a’zolari kema cho‘kkan sanada halok bo‘lganiga qaramay, u faqat 2000-yilda falokat qurboni sifatida qayd etilgan. Fransuz qurolli kuchlari uni hatto birinchi jahon urushida xizmat vazifasini bajara olmagani uchun qochoq deb e’lon qilgandi.

    Kema kuzatuvchilari Frederik Flit va Rejinald Li falokatdan oldin durbindan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 

    Durbin kuzatuv moslamasi saqlanadigan shkafda qolib ketgandi, o‘sha vaqtda uning kalitini topishning iloji bo‘lmagan. Ushbu kalit 2010-yilda kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va 130 ming dollardan ko‘proqqa sotilgan.

    Oradan ko‘p yillar o‘tib, qaysidir hazilkash Frederik Flit haykali oldida durbin bilan qisqagina izoh qoldiradi:

    Kechir, yuz yil kechikib olib keldim.
    Flit halokatdan omon qolganiga qaramay, 1965-yilda, turmush o‘rtog‘i vafot etgach, o‘z joniga qasd qiladi.

    Gazetalar halokat haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan

    The World hech qanday qurbonlar haqida ma’lumot bermagan, Daily Mail hamma tirik qolgani haqida yozgan, Belfast Telegraph yo‘lovchilar hayoti xavf ostida emasligini aytgan.

    New York Times fojia to‘g‘risida aniqroq ma’lumot bergandi. U quyidagi sarlavha ostida maqola e’lon qilgan:
    “Titanik” aysbergga urilganidan so‘ng to‘rt soat o‘tib cho‘kib ketdi. 886 yo‘lovchi “Karpatiya” bilan qutqarib qolindi, 1250 kishi halok bo‘ldi.

    “Titanik” halokatga uchragani haqida New York Times gazetasida chiqqan xabar

    “Titanik” halokatga uchragani haqida New York Times gazetasida chiqqan xabar
    Foto: Reuters / Lukas Jekson

    “Titanik” halokatidan omon qolgan hamshira Vayolet Jessop keyinroq “Britannik” kemasi halokatidan ham tirik qoladi

    Jessop “Titanik” cho‘kkan vaqtda 25 yoshda edi. Buyruqqa ko‘ra, u boshqa ayollarga qutqaruv qayig‘i xavfsiz ekanligini ko‘rsatish uchun unga o‘tiradi.

    Keyinroq u “Britannik” kemasida (OAV unga “Titanik 2” nomini bergan) ishlay boshlaydi. Biroq ikkinchi kema ham suv ostiga g‘arq bo‘ladi: u nemis suv osti kemasi qo‘ygan mina bilan to‘qnash kelgandi. Jessop esa yana tirik qoladi, lekin boshi jiddiy jarohatlanib, bundan butun umr aziyat chekib o‘tadi.

    Ba’zi erkaklar qutqaruv qayig‘idan joy olish uchun ayollar kiyimini kiyib olgani haqida gaplar yuradi

    Shu mish-mish tufayli hatto 1916-yilda Dikkinson va Helen Bishoplar oilasi ajrashib ketgan. Bunga Dikkinsonning ayollar kiyimida qayiqqa o‘tirgani haqidagi gaplar sabab bo‘lgan.

    Bishop o‘zini ayol qilib ko‘rsatishda ayblangan yagona erkak bo‘lmagan. Jozef Bryus Ismey, Uilyam Karter, Uilyam Sloper kabi kishilarni ham bu mish-mish bir umr ta’qib qilgan.

    “Titanik” kemasining qutqaruv qayiqlari

    “Titanik” kemasining qutqaruv qayiqlari
    Foto: Getty Images

    Kemadagi oshpazlardan biri Charlz Jouin ko‘p miqdorda viski ichgani tufayli suvda boshqalarga qaraganda ancha uzoqroq chidab tura olgan

    Ma’lumotlarga ko‘ra, kema cho‘ka boshlagan vaqtda Jouin ikki shisha viskini ichib yuboradi.

    Keyinchalik u Shimoliy Atlantika okeanining muzday suvida kamida ikki soat chidab berganini aytadi — ko‘pchilik 15 daqiqa ham dosh berolmay, halok bo‘lgan.

    2030-yilgacha “Titanik” kemasining barcha qoldiqlari yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

    Olimlarning fikriga ko‘ra, bakteriyalar kemani o‘sha vaqtgacha yeb bitiradi.

    Suv ostidagi “Titanik” qoldig‘i

    Suv ostidagi “Titanik” qoldig‘i
    Foto: Getty Images

    Ijtimoiy notenglik

    Ma’lumotlarga qaraganda, fojia birinchi klassdagi ayollardan to‘rt nafarini bu dunyodan olib ketgan. Bu, albatta, qayg‘uli hodisa. Lekin shu hodisa uchinchi klassdan 89 ayol va 387 erkakning boshiga yetgan.

    Birinchi klassdagi ayollardan birining ismi Enn Elizabet Ishem edi. U itini o‘zi bilan olib keta olmasligini bilgach, qutqaruv qayig‘idan pastga sakraydi.

    Tirik qolganlar ichida atigi bir kishi yapon millatiga mansub bo‘lgan

    Masabumi Hosono ismli bu inson dastlab Amerika OAVlari tomonidan “yaponiyalik omadli inson” deya ta’riflanadi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan qayiqqa chiqib olgani uchun qo‘rqoq sifatida talqin qilina boshlaydi. Uni o‘z vatanida qayiqqa o‘tirish uchun ayol qiyofasiga kirgan nomussiz erkak deb bilishgan.

    Masabumi Hosono (chapdan ikkinchi) va u yozgan xat

    Masabumi Hosono (chapdan ikkinchi) va u yozgan xat
    Foto: AP Photo/ Atsushi Tsukada

    1997-yilda “Titanik” filmi chiqqanidan so‘ng Hosonolar oilasi bir maktubni omma etiboriga havola etadi. Unda Masabumi Hosono o‘z rafiqasiga kema falokati haqida yozib, o‘limga tayyor bo‘lganini, biroq ekipaj a’zosi qayiqqa yana ikkita odam kerakligini aytgach, unga tushib olgani haqida ma’lum qilgan.

    “Titanik” qurilgan angar bugungi kunda suratga olish maydonchasi hisoblanadi

    Misol uchun, “Taxtlar o‘yini” (Game of thrones, 2011) seriali aynan o‘sha yerda suratga olingan.

    “Titanik” bunyod etilgan Paint Hall hududi Titanic Studios tarkibiga kiradi. Undan birinchi marta 2007-yili “Ember shahri” (City of Ember, 2008) filmini suratga olishda foydalanilgandi. Shundan beri u bir qancha teleshoular va kinolarni suratga olishda xizmat qildi.

    Kemadan qolib ketgan omadli insonlar

    Gazetachilar kema suv ostiga g‘arq bo‘lganidan bir necha kun o‘tib, unga chipta sotib olgan, lekin oxiriga yetmagan sayohatdan qolib ketgan kishilar ro‘yxatini tuza boshlaydi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Milton Hershi, Jon Morgan, Gugliyelmo Markoni kabi bir nechta baxti kulgan insonlar kemaga chipta sotib olgan, lekin ba’zi sabablar bilan unga chiqish fikridan qaytgan.

    Nemislar 1943-yilda ishlagan “Titanik” filmidan kadr

    Nemislar 1943-yilda ishlagan “Titanik” filmidan kadr
    Foto: Kinopoisk

    Nemislar ham “Titanik” haqida film suratga olgan

    Bir vaqtlar fashist propagandasi ham shu mazmunda film ishlagan. Faqat unda voqealar Germaniya nuqtayi nazaridan kelib chiqib talqin qilingan.

    Aniqrog‘i, ular fojiada inglizlarni ayblaydi. Syujetga ko‘ra, britaniyaliklar yo‘lovchilar hayoti uchun qayg‘urgan yagona nemis ofitserining (to‘qima obraz) gapiga quloq solmaydi va tezlikni pasaytirmay halokat sababchisiga aylanadi.

    15.04.2022, 11:09   Izoh (0)   115231
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.