Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning 18 million aholiga ega Guanchjou sanoat shahrida koronavirusga chalinish holatlarining ko‘payishi sababli qator cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Shaharga kirish deyarli to‘liq cheklangan, shaharni tark etishga faqat favqulodda holatlarda va PZR-testi manfiy bo‘lganda ruxsat beriladi. Maktablarda boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun darslar masofaviy shaklga ko‘chirildi. Shahar aholisidan COVID-19 ga ommaviy test olinmoqda.

11-aprel, dushanba kuni Guanchjouda COVID-19 bilan kasallanishning rasmiy o‘sishi 27 tani tashkil etdi, o‘tgan hafta ushbu ko‘rsatkich 23 ta edi.

Eslatib o‘tamiz, 26 million aholiga ega Shanxay mart oyining oxiridan beri qattiq lokdaun ostida. 11-mart kuni  kuni rasmiylar shaharda bir sutkada 26,087 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi, ularning atigi 914 nafarida kasallik simptomlarini namoyon qilgan.

Xitoy COVID-19 ga nisbatan “nol bardoshlik” siyosatiga ega bo‘lgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu virus tarqalishini qat’iy lokdaun va kasallangan fuqarolar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantin orqali cheklashni anglatadi. Bunday siyosat Pekinda 2022-yil 4—20-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan 24-qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning bir qismi sifatida boshlandi, biroq rasmiylar uni o‘yinlar tugaganidan keyin ham davom ettirishga qaror qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi