Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” prezidenti Xoan Laporta Lionel Messini Kataloniyaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmayotganini aytib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Leo va uning atrofidagilardan hech qanday xat olmadim. Ayni damda uni ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqmayapmiz. Biz yosh jamoa quryapmiz va u endigina o‘z ishini boshladi.

Leo bu Leo, u dunyoning eng yaxshi futbolchisi, lekin endi uni ortga qaytarmaymiz. Albatta, bu ortga qo‘yilgan qadam bo‘lmasdi”, — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Diario Sport.

Avvalroq argentinalik futbolchi “Barselona”ga qaytishi mumkinligi, uning otasi katalon klubi rahbariyati bilan suhbatlashgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2021-yilning yozida erkin agent maqomida “PSJ” safiga o‘tgan edi. Hozirda argentinalik hujumchi Fransiya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan. Lionelning parijliklar bilan shartnomasi 2023-yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?