Transfermarkt portali sobiq SSSR mamlakatlarining eng qimmat hujumchilari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Ukraina terma jamoasi va “Benfika” klubi a’zosi Roman Yeremchuk eng qimmat hujumchi bo‘lib turibdi. Yeremchukning transfer qiymati 16 million yevroni tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov egallab turibdi. “Roma” hujumchisi 10 million yevroga baholangan. Kuchli uchlikni transfer narxi 9 million yevro bo‘lgan “Spartak Moskva” futbolchisi Aleksandr Sobolyov yakunlab bergan.
Sobiq SSSR mamlakatlarining eng qimmat hujumchilari:
1.Roman Yeremchuk (“Benfika”, Ukraina) — 16 million yevro;
2. Eldor Shomurodov (“Roma”, O‘zbekiston) — 10 million;
3. Aleksandr Sobolyev (“Spartak Moskva”, Rossiya) — 9 million;
4. Artyom Dzyuba (“Zenit”, Rossiya) — 9 million;
5. Fyodor Chalov (“Bazel”, Rossiya) — 8,5 million;
6. Konstantin Tyukavin (“Dinamo”, Rossiya) — 7 million;
7. Fyodor Smolov (“Dinamo”, Rossiya) — 7 million;
8. Artyom Dovbik (“Dnepr-1”, Ukraina) — 5 million;
9. Gamid Agalarov (“Ufa”, Rossiya) — 4 million;
10. Vladislav Supryaga (“Sampdoriya”, Ukraina) — 4 million.
Izoh (0)