Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning yanvar va fevral oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida qayd etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2021-yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda ko‘rsatkich 4 mlrd dollarga yoki 84,9 foizga ko‘p. O‘zbekiston, odatdagidek, sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib oladi – eksport hajmi 4 mlrd dollarni, import esa 4,6 mlrd dollarni tashkil qildi.

Asosiy savdo bo‘yicha sherik Xitoy bo‘lib qolmoqda – 1,3 mlrd dollar. Ikkinchi o‘rinda 1,2 mlrd dollar bilan Rossiya, uchinchi o‘rinni 620 mln dollar bilan Qozog‘iston egallagan. 

Asosiy eksport tovarlari – oltin (57,7 foiz), sanoat mahsulotlari (17,8 foiz) va xizmatlar (8,5 foiz). 

Asosiy import tovarlari – mashina va uskunalar (34,1 foiz), sanoat mahsulotlari (19,8 foiz) va mineral yoqilg‘i (6,2 foiz).

Urush ta’siri

Fevral oyida Ukraina urushi O‘zbekiston savdo-sotig‘iga hali ta’sir qilmadi – Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham eksport-import hajmi o‘sdi. Asosiy ta’sirlar bo‘layotganini izohlash uchun, aniq raqamlarni mart oyi tugaganida bilish mumkin.

Oltin eksporti keskin oshib ketdi

O‘zbekiston fevral oyida oltin savdosini keskin oshirdi. Buning natijasida oltinning umumiy eksport hajmidagi ulushi 57 foizni tashkil qildi.

Bu yil boshida mazkur metall narxi keskin oshgani va O‘zbekiston uchun uni boshqa mamlakatlarga sotish daromadli bo‘lgani bilan izohlasa bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston 2021-yilda nima sotgani va sotib olgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi