Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Diario Sport xabariga ko‘ra, Myunxen klubi futbolchisi Kataloniya klubiga o‘tmoqchi. Levandovski faoliyatida o‘zgarish qilmoqchi va hozir buning ayni vaqti deb hisoblaydi.

Qayd etilishicha, “Barselona” 33 yoshli futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Robertning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Avvalroq futbolchi klub kelishuvni uzaytirish borasidagi muzokaralarni boshlamaganidan ranjigani va boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emasligi haqida xabarlar yangragandi.

Shuningdek, “Real” va “Chelsi” ham Levandovskiga qiziqayotgani aytilgan.

Ma’lumot uchun, Robert 2014-yildan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2021/22-yilgi mavsumda (barcha musobaqalar doirasida) 37 o‘yin o‘tkazib, 45 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times
Madaniyat
Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...
Dunyo
Global elektron tijorat bozori 2022-yilda 5,8 trln dollarga yetishi kutilmoqda