So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +16°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Xitoy Putinning Ukrainaga hujum uyushtirish rejasidan bexabar bo‘lganini ma’lum qildi

    17.03.2022, 21:22 24977

    Xitoy Rossiyaning Ukrainada urush boshlash rejasini bilmaganini, agar xabardor bo‘lganida uning oldini olishga urinib ko‘rgan bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Xitoyning AQShdagi elchisi Sin Gan Washington Post gazetasiga yozgan maqolasida ta’kidlagan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Elchining yozishicha, ushbu urushdan Xitoyga foyda yo‘q.

    “Ruxsat bersangiz shuni ma’lum qilmoqchimanki, Xitoy bu urushni bilgan, unga rozi bo‘lgan yoki jim turib qo‘llab-quvvatlagan degan da’volar yolg‘on xabarlardir. Mazkur bayonotlarning barchasi Xitoyga aybni yuklash va uni balchiqqa belashga xizmat qiladi”, — deydi Sin Gan.

    Uning ta’kidlashicha, Xitoy ham Rossiya, ham Ukrainaning yirik savdo sherigi, shuningdek, dunyoda eng yirik neft va tabiiy gaz importchisi hisoblanadi. Elchining qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga hujum uyushtirilgan vaqtda u yerda 6 mingdan ortiq Xitoy fuqarosi bo‘lgan.

    “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro Xitoyning foydasiga xizmat qilmayapti. Agarda Xitoy muqarrar inqirozdan xabardor bo‘lganida, uning oldini olish uchun barcha imkoniyatini ishga solgan bo‘lardi”, — deya ta’kidlaydi Sin Gan.

    Xitoylik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, barcha davlatlarning, jumladan, Ukrainaning ham suvereniteti va hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi kerak. “Ukrainaga nisbatan Xitoyning pozitsiyasi xolis va betaraf: BMT nizomidagi tamoyillarga to‘liq rioya qilinishi lozim”, — deydi u.

    Shu bilan birga, elchi Tayvan va Ukrainani o‘zaro bog‘lamaslikka chaqirgan.

    “Ukraina — suveren davlat, Tayvan — Xitoy hududining ajralmas qismi. Tayvan masalasi — bu Xitoyning ichki ishi”, — deya ma’lum qiladi Sin Gan. U Xitoy Ukrainada tinchlik o‘rtanish tarafdori ekanini va “imkoniyati doirasida barcha yordamni ko‘rsatishga tayyorligini” bildirgan.

    Elchi Xitoyning yakuniy maqsadi urushni tugatish hamda mintaqa va dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidlagan.

    Avval Xitoy AQShdan Tayvanga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilgani va AQShni Tayvan mustaqilligini rag‘batlantirish harbiy ziddiyatga olib kelishi haqida ogohlantirgani haqida xabarlar berilgan. Xitoy xalq-ozodlik armiyasi 14-mart kuni Tayvan sohillariga harbiy havo kuchlarining 13 ta samolyotini yo‘naltirdi. Samolyotlar orol shimolidagi Taoyuan shahridagi harbiy zaxira askarlari o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan hudud ustidan uchib o‘tgan.

    Mavzuga doir: “Bu jiddiy oqibatlarga olib keladi”. AQSh Xitoyni Rossiyaga yordam bermaslik haqida ogohlantirdi (video)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    Bugun, 00:34

    APL. “Tottenhem” 2 kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Liverpul”ni yengdi, “Arsenal” raqibini tor-mor etdi, Manchester klublarida mag‘lubiyat (video)

    Bugun, 00:21

    Bundesliga. “Bavariya” safarda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 23:45

    La Liga. “Real” safarda “Jirona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Kecha, 23:26

    Andijonda Matiz yonib ketdi (video)

    Kecha, 22:46

    O‘zbekistonda bir oyda davlat xaridlarini amalga oshirishda 15 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

    Kecha, 21:52

    Toshkentda daraxt kesgan erkak 11 mln so‘m jarimaga tortildi

    Kecha, 20:40

    Sergelidagi portlash sodir bo‘lgan omborda kimyoviy vositalar saqlangani aytilmoqda

    Kecha, 20:17

    Turkmanistonda 10 mlrd dollarlik qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda

    Kecha, 20:00

    UzCarlsberg ikki yildan beri World Drinks Awards medallarini qo‘lga kiritib kelmoqda

    Kecha, 19:30
    Reklama

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Toshkentda 15 yoshli qiz vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini ma’lum qildi

    15:00 / 30.09.2023

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi

    19:00 / 30.09.2023

    Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari 43 yoshida vafot etdi

    15:00 / 30.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    00:00 / 30.09.2023

    Sergelidagi favqulodda hodisadan foydalanib, aholidan pul undirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 

    10:00 / 30.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.