• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Tilimizni bilamizmi: o‘zbekchasi bo‘laturib, ishlatilmaydi – o‘zimizning “begona” so‘zlar

    Tilimizda ba’zi so‘zlarning o‘zbekcha muqobili yoki oldindan qo‘llanib kelgan varianti bor bo‘lsa-da, ishlatmaymiz. Hatto talaffuzi nisbatan qiyinroq bo‘lsa ham, chet so‘zni ma’qul ko‘ramiz. Ba’zi so‘zlarning o‘zbekcha muqobili esa allaqachon esdan chiqqan. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ana shunday deyarli unutilgan so‘zlarning ba’zilariga izoh beradi.

    Parol – im, o‘ron

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Parol so‘zining bir emas, kamida ikkita o‘zbekcha muqobili bor. Bittasini bugun ham ishlatamiz. Lekin parol ma’nosida qo‘llamaymiz.

    Gap imo, imo-ishora, imlamoq, im qilmoq, im qoqmoq so‘zlari tarkibidagi im haqida ketyapti.

    Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit turk”da im so‘zini shunday sharhlaydi: shoh askarlariga qo‘yilgan, tayinlangan yashirin belgi, parol. Bu belgi qush yoki qurol nomi yoki biror so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin. To‘qnashganda uni aytib o‘zlarini tanitadilar.

    Maqolda shunday kelgan: “Im bilsa, er o‘lmas”. Ya’ni kishi yashirin belgini bilsa, nohaq o‘lmaydi.

    Bu izohdan im so‘zi parol ma’nosini to‘la-to‘kis ifodalashini anglash mumkin.

    Im so‘zi ishora ma’nosida qadimda ham qo‘llangan. Jumladan, “Devon”da imlamoq so‘zi imlash, ko‘z yoki qo‘l bilan ishora qilish deb sharhlangan.

    Parol uchun boshqa bir muqobilni “Boburnoma” topib beradi:

    “Bizning cherikning g‘avg‘osin eshitib, inchalik bila ilgarrak kelib o‘rondashurlar. Bu o‘ron ikki nav bo‘lur: bir ulkim, har qavmning o‘roni bor, nechukkim... ish vaqtida uchrashqonda biri bir lafzni aytqonda yana biri ul ma’hud lafzni aytqay, to bu tariq bila el yog‘iydin ayrilgay va o‘z kishini yotdin farq qilg‘ay. Ul yurushta ma’hud o‘ron alfazi “Toshkand” bila “Sayram” edi. Toshkand desa, Sayram deyilgay, Sayram desa – Toshkand”.

    Yuqoridagi parchadan o‘ron aynan parol, maxfiy so‘z ma’nosini anglatishini bilib oldik. Ikki xil o‘ron bor, deyapti Bobur mirzo: biri bittagina so‘z bo‘ladi, ba’zi qishloq yoki jamoa vakillari o‘zlari uchun tanlab olishadi. O‘sha so‘zni aytsangiz, dushman emas, qavmning o‘z odami ekaningiz yuzaga chiqadi. Ikkinchi xil o‘ron ikki so‘zdan tashkil topadi: ikki so‘zdan biri aytilganda siz juftini aytishingiz kerak. Masalan, Toshkent-Sayram o‘ronidan Toshkent deyilsa – Sayram, Sayram deyilsa – Toshkent deyishingiz zarur. Shunda o‘ronni – parolni to‘g‘ri topgan bo‘lasiz. Yo‘qsa, dushman yo begona sanalasiz va muomala ham shunga yarasha bo‘ladi.

    Bugun parol so‘zi ko‘p ishlatiladi. Ayniqsa, internet va texnologiyalar bilan bog‘liq matnlarda, dastur va ilovalarda unga albatta yo‘liqasiz. Mana shu joylarda im yoki o‘ron so‘zini parol so‘zi o‘rnida bemalol qo‘llash mumkin.

    Lekin uni asl egalari, ya’ni biz qabul qila olamizmi-yo‘qmi – shudir masala.

    Otves – shoqul yoki shovun

    Ko‘p so‘zlarning o‘zbekchasi yoki tilimizda eskidan qo‘llangan muqobili bo‘la turib, ishlatmaymiz. Masalan, qurilishda devor, ustun, eshik kabilarning tikligi bir uchiga tosh yoki temir bog‘langan ipli as­bob bilan aniqlanadi. Ustalar uning ruscha nomidan foydalanadi – otves.

    Ming yillardan beri uy qurib kelayotgan xalqda nahot shu oddiy moslamaning nomi bo‘lmasa?! Bor, nega bo‘lmasin? Unutilgan, xolos.

    Bu uskuna o‘zbek tilida shoqul yoki shovun deyiladi.

    Shoqulning ildizi hindcha saxul so‘ziga borib taqaladi. Saxul ipga bog‘­­lab osiltirilgan qo‘rg‘oshin soqqani anglatgan. U shoqul shaklida arab tiliga, so‘ng o‘zbekchaga o‘tgan.

    Shovun so‘zi esa aslan o‘zbekcha. Uning ma’nosi shoqul bilan bir xil.

    Namordnik – burundiq

    Itlarning tumshug‘iga taqiladigan himoya qalqonini ruslar намордник deydi. Bu so‘z морда – tumshuq so‘zidan yasalgan. Xo‘sh, o‘zbekchada bu moslama qanday ataladi?

    Ba’zi o‘rinlarda shu tushunchani ifodalash uchun “tumshuqbog‘” so‘zi ishlatilgan. “O‘zbekcha-ruscha lug‘at” esa tumshuqlik deb izohlagan. “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at” tumshuqbog‘, burundiq deb o‘giribdi. Burundiq so‘zini izohli lug‘at asov, tishlong‘ich tuyaning yoki qopag‘on itning tumshug‘iga kiydirib qo‘yiladigan maxsus to‘r deb izohlagan:

    Yaydoq dala kelganda burundiqni bo‘shatar.A. Muxtor, “Asarlar”.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Izohli lug‘atda tumshuqlik yoki tumshuqbog‘ so‘zlari yo‘q ekan. Bu so‘zlar ruschadan kalkalanib, shu tushunchani aynan tarjima qilish istagida yasalganday taassurot uyg‘otadi.

    Burundiq esa turkiycha so‘z. So‘zning izohidan burundiq juda qadimiy lug‘at ekani ham anglashiladi. “Devonu lug‘atit turk”da burunduq so‘zi jilov, no‘xta deb izohlangan. Boshqa bir o‘rinda shunday misol keltirilgan:

    Er burunduq butluqa taqdi – tuya burnining yumshoq joyiga burunduq taqdi, bog‘ladi (o‘g‘uzcha).

    Vaksina – emlama, emdori

    Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat vaksina, vaksinatsiyalash, vaksina olish, vaksina qabul qilish kabi so‘zlarni urfga kirgizdi. Ularning o‘zbekchasi bormi?

    Bor. Faqat ishlatmaymiz, xolos:

    Vaksina – em, emdori, emlama, emlik.

    Vaksinatsiyalash – emlash, emlama qilish.

    Vaksina olish, vaksina qabul qilish – emlanish.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Em so‘zi chechak va ba’zi boshqa kasalliklarning oldini olish uchun teri orqali yuboriladigan zardob va uni teri orqali yuborishni, dori-darmon, shifobaxsh narsani anglatadi. Bu so‘zni teri yoki qontomirlar orqali yuborilmaydigan, masalan, tomizg‘i shaklidagi vaksinalarga ham ishlatish mumkin.

    Vaksina so‘ziga izohli lug‘atda “yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan emdori, emlashda ishlatiladigan dori” deb izoh berilgan.

    Vaksina so‘zi o‘rnida em so‘zini qo‘llash hozir deyarli iste’moldan chiqdi. Hech bo‘lmasa, emlash, emlamoq, emlama so‘zlaridan foydalanish kerak. Hatto vaksina so‘ziga sinonim sifatida emdorini ham bemalol ishlatsa bo‘ladi. Lekin bu kimlargadir g‘aliz tuyulishi mumkin. O‘zi til zaiflashgani sari hatto o‘z egalariga ham tobora erish tuyuladi.

    Vaksina so‘zi alohida tibbiy ma’noga ega degan sabab ham aytilishi mumkin. O‘sha ma’noni emlama, emdori yoki em so‘ziga ham bemalol yuklasa bo‘ladi:

    Kecha poliklinikada vaksina oldim — Kecha poliklinikada emlandim.

    Bir millionga yaqin kishi vaksina qabul qildi — Bir millionga yaqin kishi emlandi.

    Koronavirusga qarshi vaksina — Koronavirusga qarshi emdori.

    Lug‘atlarimizda emlama so‘zi yo‘q. Lekin u xalq tilida faol ishlatiladi. Bu so‘zni lug‘atlarga albatta kiritish kerak.

    Inog‘och – obkash

    Obunachilardan biri ruscha коромысло so‘zi o‘zbekchada nima deyilishi haqida so‘rab qoldi. Qizig‘i, bu savolni dastlab bir bolakay beribdi. Ertak kitobdagi коромыслo rasmini ko‘rsatib “Bu o‘zbekchada nima bo‘ladi?” deb so‘rabdi.

    Ruscha коромысло so‘zi ikki uchidagi ilmog‘iga chelak osib, yelkada suv va boshqa narsalar tashish uchun moslangan yog‘och asbobni anglatadi. Izohli lug‘atga ko‘ra, bu so‘z o‘zbekchada obkash deyiladi. Obkash forschadan, suv tortuvchi, tashuvchi ma’nosida. Lug‘atlardan obkashni ifodalovchi o‘zbekcha so‘z topilmadi. Lekin Xorazm shevasida bor ekan – inog‘och. Shevalar o‘z bag‘rida durdonalarni saqlaydi, ulardan unumli foydalanish kerak.

    Inog‘och – sof turkiycha so‘z. Iyin va og‘och so‘zlaridan yasalgan. Iyin shevada yelkani anglatadi. U egin so‘zining o‘zgargan shakli. Og‘och esa daraxt; yog‘och, xoda ma’nosiga ega. Demak, inog‘och коромысло’ning ma’nosini ortig‘i bilan bera oladi. Bu so‘zdan badiiy adabiyotlar va tarjimalarda albatta foydalanish kerak.

    Bu so‘z qozoq tilida inag‘ash shaklida ishlatilar ekan.

    Bir eslatmani yana bir bor takrorlab qo‘yish ziyon qilmaydi: til o‘zicha rivojlanmaydi, u chet tillardan so‘z olib ham boyiydi. Lekin bunda ham me’yor bor, til o‘z imkoni yetmagandagina chetdan so‘z olishi kerak. Yo‘qsa, o‘zlashtirish boyishga emas, qashshoqlashishga xizmat qiladi. O‘zbekchaga singib, o‘zimizniki bo‘lib ketgan so‘zlarga esa yotsirab qaramaslik zarur.

    O‘zbekchasini eslatuvchi mitti lug‘at

    So‘zlashuv tilida juda ko‘p o‘zbekcha yoki o‘zbekchalashgan so‘zlarning o‘rnini yot so‘zlar egallab olgan. Aslida, bu so‘zlarning soddaroq, qisqaroq, tushunarliroq o‘zbekcha shakli bor. Lekin negadir begona so‘zlarni qo‘llayveramiz. Bu narsa ongimizga shu qadar singib ketganidan qanday holga tushib qolganimizni sezmaymiz ham.

    Quyida shunday so‘zlarning kichik lug‘ati bilan tanishasiz.

    Chet so‘zlar o‘zbekcha talaffuzda berilgan.

    Avans – bo‘nak.

    Aklad – oylik, maosh.

    Astano‘fka – bekat.

    Balnisa – kasalxona, shifoxona.

    Brat – aka, akaxon.

    Vapshe, obshe – umuman.

    Golubsi – karamdo‘lma.

    Da (telefon ko‘tarilganda) – eshitaman, labbay. Yoki xalqaro alo so‘zini ham ishlatish mumkin.

    Izdivatsa qilmoq – ustidan kulmoq.

    Zdachi – qaytim.

    Kanikul – ta’til.

    Kapcho‘niy – dudlangan, qoq, sur.

    Karochi – qisqasi.

    Koja – teri, charm, ko‘n.

    Mazgi – miya.

    Malades – yashang, yasha, yashavor. Ota-buvalarimiz bu so‘z o‘rnida “barakalloh” degan so‘zni ishlatgan.

    Marazilnik – muzlatgich.

    Mashennik – firibgar, qallob.

    Medsestra – hamshira.

    Mo‘shniy – kuchli, zo‘r.

    Narmalni – tuzuk, yaxshi, durust, chidasa bo‘ladi. Juda shu so‘zga mehr-muhabbatli bo‘lgan kishi normal deb ishlatishi ham mumkin.

    Naski – paypoq.

    Otdix – dam olish.

    Pashti – deyarli.

    Popkorn – oqtelpak, bodroq.

    Prayezd – kira haqi, yo‘lhaqi.

    Propka – tiqilinch (yo‘lda); tiqin (idishda).

    Rayo‘n – tuman. Bu so‘z yoshi kattalar orasida hali-hanuz ishlatilyapti.

    Salyo‘niy – tuzlangan, tuzlama, sho‘r.

    Svejiy – yangi.

    Svet – chiroq.

    Travma – jarohat.

    Uje – bu so‘z alohida so‘z bilan tarjima qilinmaydi, qo‘shimchalardayoq ma’nosi ifodalanadi. Masalan, “Uje keldim” deyish o‘rniga “kelib bo‘ldim” deyiladi.

    Uspet qilmoq – ulgurmoq.

    Xaladilnik – sovitkich.

    Chtobi – uchun. Masalan, “Atayin to‘liq gapirib berdim. Chtobi sen tushungin”. Tushunishing uchun atayin to‘liq gapirib berdim deyish qisqa, lo‘nda, o‘zbekcha.

    Ekanom qilmoq – tejamoq.

    Bu kichik lug‘atni yana to‘ldirish mumkin. Qaysidir so‘zlar xayolga kelmagani aniq.

    O‘zbekchalashtirishga qarshi bo‘lganlarga: bu so‘zlarning o‘zbekchasini qo‘llang degan gap aynan sizga atalmagan. Yengil nafas olavering.

    Qolganlarga: iloji boricha o‘zbekchasini ishlating, til rivojiga va sofligiga shaxsan hissa qo‘shing.

    16.03.2022, 08:38   Izoh (2)   122464
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (2)

    Kirish
    1. jamiksiddiq@gmail.com / 03.11.2024, 03:51

      Baraka toping. Ofarin!!
      Nachinka so'zini to'ldirma desak bo'larmikan?

      Javob berish
    2. xolmirzaogliakbar@gmail.com / 30.10.2024, 20:35

      "Kafel"ning o'zbekchasi nima bo'ladi?

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.