Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmanistondagi muddatidan oldin o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovlari yakuniga yetdi, mahalliy vaqt bilan 19:00 holatiga ko‘ra 97,12 foiz saylovchi ovoz berib bo‘lgan. Bu haqda Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Turkmanistondagi prezidentlik saylovlarida jami 3 million 435 ming 950 nafar saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan va 2577 ta saylov uchastkasi tashkil qilingan.

Turkmaniston prezidenti vazifasini bajaruvchi Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxoboddagi Annaniyoz Ortiq nomidagi 68-maktabda tashkil qilingan saylov uchastkasida ovoz bergan (“TASS”).

U uchastkaga aravachada harakatlanuvchi 85 yoshdagi onasi bilan birga kelgan va ushbu saylovlarni tarixiy ahamiyatga ega jarayon ekanligini ta’kidlagan.

Prezidentning o‘g‘li mamlakatdagi hukmron Demokratik partiya nomzodi Serdar Berdimuhamedov ham poytaxtdagi 68-maktabda ovoz bergan.

“Xronika Turkmenistana” nashri saylovlarda ovoz berayotgan fuqarolarning u qadar faol emasligini yozgan. Qayd etilishicha, bu safar saylovlarning borishini onlayn rejimda kuzatish imkoniyati yaratilgan, biroq buning uchun Turkmaniston hududida bo‘lish talab etiladi.

Rossiyaning Ashxoboddagi elchisi Aleksandr Bloxin “TASS” nashriga bergan intervyusida Turkmanistondagi saylovlar haqida quyidagicha fikr bildirgan.

“Turkmanistonda saylovlar har doim kutilmagan voqea-hodisalarsiz o‘tadi. Bu safar ham hammasi mukammal tashkillashtirilganiga ishonaman. Kuzatuvchilar bor va ular xulosalar yozadi, biroq o‘n yillik tajribamga suyanib, menimcha, saylovlar oldindan tayyorlanganidek o‘tadi. Turkmaniston tomoni hammasini — tashriflardan tortib katta tadbirlargacha juda yuqori saviyada tashkillashtirishni biladi”, – degan elchi.

8-mart kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining inson huquqlari hamda demokratik institutlar bo‘yicha byurosi o‘z missiyasini Turkmanistondagi prezidentlik saylovlarida kuzatuvchilar sifatida qatnashishini tavsiya etmagan. Byuro bayonotida saylovlarning o‘tkazilishi haqidagi e’lon va ularning o‘tish vaqti keskin qisqarib ketganini yozilgan. Ushbu qaror Turkmanistonning fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlarini hurmat qilish yuzasidan tashkilot tavsiyalarini inkor qilgani bilan bog‘liq, deya xabar qilgan “Azatlik”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati