Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya davlat rahbari Emmanuel Makron hamda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali suhbatlashdi. Putin Fransiya va Germaniya davlat rahbarlari bilan 10-martda, Sholsning o‘zi bilan 4-martda gaplashgandi.
Kreml xabariga ko‘ra, Putin suhbatdoshlariga Ukrainada real vaqt rejimidagi ijtimoiy vaziyat, jumladan mamlakat kuchishlatar tizimlari tomonidan xalqaro inson huquqlari me’yorlari qo‘pol ravishda buzilayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan.
Suhbat, taxminan, ikki soat davom etgan, deya xabar qilgan Yelisey saroyidagi manbaga tayanib Le Figaro. Fransiya va Germaniya hukumatlari subat mavzusi yuzasidan rasmiy axborotlarni hali joylashtirmagan.
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live
Mavzuga doir:
- “Rossiya nefti va gazi bilan Yevropa energetikasini ta’minlashga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilmadi” — Olaf Shols
- Makron urush sharoitida Ukrainaning Yevropa Ittifoqi a’zoligini olishiga qarshi chiqdi
- “Bu oldini olish kerak bo‘lgan Uchinchi jahon urushidir”. Bayden AQSh NATO mamlakatlari hududini Rossiyadan himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi
Izoh (0)