• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushning 13-kuni: Rossiya Ukrainaning neft omboriga zarba berdi. Ukrainaliklar safiga qo‘shni davlatlardan ko‘ngillilar kelib qo‘shilmoqda. “Biz taslim bo‘lmaymiz” — Zelenskiy Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (foto)

    Urushning o‘n uchinchi kunida Rossiya va Ukraina yana bir nechta gumanitar yo‘laklarni ochish bo‘yicha kelishib oldi, ammo faqat Sumi shahri aholisini evakuatsiya qilishga erishilgan — tomonlar yana bir-birini kelishuvlarni buzishda aybladi. Deyarli bir haftadan buyon qamalda qolgan Mariupolda odamlar hamon bomba boshpanalarida uxlamoqda. Rossiya aviatsiyasi esa zarbalar berishda davom etmoqda — 8-martga o‘tar kechasi Brovaridagi kimyoviy moddalar ombori va Jitomir viloyatidagi neft ombori o‘qqa tutildi. Ukrainaga qo‘shni davlatlar – Litva, Estoniya, Gruziya va Belarusdan ko‘plab ko‘ngillilar kelmoqda. Meduza urushning o‘n uchinchi kunidan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim qildi.

    Jitomir viloyatidagi neft bazasida otishma tufayli yong‘in sodir bo‘ldi

    Jitomir viloyatidagi neft bazasida otishma tufayli yong‘in sodir bo‘ldi
    Foto: Reuters

    8-mart kuni Sumi shahridan aholini evakuatsiya qilish boshlandi, shaharda tungi otishmalar oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Viloyat hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, shahardan jami 3,5 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, Mariupolda ham evakuatsiya masalasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmadi. Tomonlar avvalgidek bir-birini jarayonni buzishda aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi odatiy ayblovlardan tashqari, ukrainaliklarning Rossiya hududiga evakuatsiya qilinishini istamagani uchun Kiyevni qoraladi. Mariupol rasmiylarining aytishicha, rus qo‘shinlari gumanitar yo‘lakdan shaharga bostirib kirish uchun foydalanishga uringan.

    O‘t o‘chiruvchilar kimyo omboridagi yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda. Brovary, Kiyev viloyati

    O‘t o‘chiruvchilar kimyo omboridagi yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda. Brovary, Kiyev viloyati
    Foto: EPA

    Irpendagi ko‘prik. Vayronagarchilikdan oldin u ushbu shahardan evakuatsiya qilishning asosiy va yagona yo‘li edi.

    Irpendagi ko‘prik. Vayronagarchilikdan oldin u ushbu shahardan evakuatsiya qilishning asosiy va yagona yo‘li edi.
    Foto: AP Photo

    Vayron bo‘lgan ko‘prik ostida to‘planib, evakuatsiyani kutayotgan ukrainaliklar. Irpen

    Vayron bo‘lgan ko‘prik ostida to‘planib, evakuatsiyani kutayotgan ukrainaliklar. Irpen
    Foto: AP Photo

    Irpendan evakuatsiya. Kiyevgacha 24 km

    Irpendan evakuatsiya. Kiyevgacha 24 km
    Foto: AP Photo

    Vladimir Zelenskiy va uning “Xalq xizmatkori” partiyasi Rossiya bilan kelajakdagi kelishuvlar ruhi, jumladan, Qrim va Donbass bilan bog‘liq kelishuvlar haqida gapirdi. “Ukraina tarkibida yashashni istagan odamlar u yerda (Donbassda) qanday hayot kechirishi men uchun muhim. Qrim Rossiya hududi ekanini tan ololmaymiz. Bu Ukraina hududi ekanini tan olish Rossiya uchun ham  qiyin bo‘ladi. Shu ikki masalani hal qilish jamiyatda isyonlarga olib kelmasligi, odamlar — o‘sha hududlarda yashovchilar ham, Ukrainada yashovchilar ham bu qarordan mamnun bo‘lishi uchun yetarlicha oqilona yo‘l tutamiz, deb ishonaman”, — dedi Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida.

    Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

    Keyinroq “Xalq xizmatkori” partiyasi Zelenskiyning pozitsiyasini tushuntirdi: Ukraina ultimatumlarni qabul qilmaydi va o‘z yerlaridan voz kechmaydi, ammo “Qrim, Donetsk va Lugansk 8 yildan beri ishg‘ol qilingan, bu hududlardagi odamlarning hayotini qanday tartibga solish masalasini hal qilish kerak”.

    Intervyusida Zelenskiy kelajakda barcha qo‘shnilar, Turkiya va dunyoning “yetakchi davlatlari” – AQSh, Fransiya, Germaniyaning ishtirokida Ukraina uchun jamoaviy xavfsizlik shartnomasini tuzish tarafdori ekanini aytgandi. “Bu nafaqat Ukraina uchun balki shunday shartnoma haqida doim gapirib keladigan Rossiya uchun ham kafolat bo‘ladi. Lekin bilmadim, u o‘zini kimdan himoya qilmoqda”, —  deydi Zelenskiy.

    “Xalq xizmatkori” partiyasi esa o‘z bayonotida bunga qo‘shimcha qildi:

    “Rossiya bosqinini hisobga olsak, bugungi sharoitda bu bema’ni tuyulishi aniq. Ammo bizning qurolli kuchlarimiz dushmanga qarshi kurashmoqda, Ukrainaning tinch rivojlanishi kafolatlanishi kerak. Shunda Rossiya boshqa kafil davlatlar qatori suverenitetimiz kafolatlari ostida o‘z imzosini qo‘yishi zarur bo‘ladi”.

    Ukrainaning o‘ziyurar artilleriya moslamasi

    Ukrainaning o‘ziyurar artilleriya moslamasi
    Foto: AFP

    Belaruslik ko‘ngillilar Kiyevda harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Ukraina armiyasiga yordam berish uchun yuzlab belaruslik muhojirlar va boshqa qo‘shni davlatlar fuqarolari mamlakatga kelgan.

    Belaruslik ko‘ngillilar Kiyevda harbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Ukraina armiyasiga yordam berish uchun yuzlab belaruslik muhojirlar va boshqa qo‘shni davlatlar fuqarolari mamlakatga kelgan.
    Foto: AP Photo

    Ukraina askari Rossiya samolyotining qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda

    Ukraina askari Rossiya samolyotining qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda
    Foto: EPA

    Faxriy karaul safi a’zolari Kiyevdagi dafn marosimida Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisning tobuti ustiga davlat bayrog‘ini yopdi.

    Faxriy karaul safi a’zolari Kiyevdagi dafn marosimida Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisning tobuti ustiga davlat bayrog‘ini yopdi.
    Foto: Reuters

    8-mart kuni Zelenskiy Britaniya parlamenti oldida video aloqa shaklida nutq so‘zladi. U Ukrainadagi urushni Britaniyaning fashistlar Germaniyasiga qarshi urushiga qiyosladi va Uinston Cherchillning 1940-yilda tarixga “Biz plyajlarda jang qilamiz” nomi bilan kirgan mashhur nutqini eslatdi:

    “Birlashgan Qirollik allaqachon eshitgan va muhim bo‘lgan so‘zlarni eslatib o‘tmoqchiman. Biz taslim bo‘lmaymiz va yutqazmaymiz. Biz dengizda va havoda oxirigacha kurashamiz, har qanday holatda ham o‘z yurtimiz uchun kurashni davom ettiramiz. Biz o‘rmonlarda, dalalarda, qirg‘oqlarda, ko‘chalarda jang qilamiz”, — dedi Zelenskiy.

    Buyuk Britaniya parlamenti

    Buyuk Britaniya parlamenti
    Foto: Reuters

    G‘arb Rossiyaning energiya manbalaridan asta-sekin voz kechishga qaror qildi. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya nefti va gazini import qilishni taqiqladi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 2022-yil oxirigacha Rossiya neftini to‘liq taqiqlashini e’lon qildi. Yevropa Ittifoqi bunday keskin choralarni ko‘rmadi, biroq ular yil oxirigacha Rossiya gaziga bo‘lgan ehtiyojni uchdan ikkiga kamaytirmoqchi. Bundan tashqari, ular 2030-yilgacha Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘isidan voz kechish bo‘yicha rejalar qoralamasini ishlab chiqdi.

    Rossiyada yana bir nechta yirik kompaniyalar faoliyatini to‘xtatdi. McDonald’s Rossiyadagi 850 ta restoranini vaqtincha yopadi (shu bilan birga 62 000 xodimga maosh to‘lashda davom etadi). L’Oreal o‘zining bevosita nazorati ostidagi do‘konlar ishini to‘xtatdi. O‘nlab mashhur oziq-ovqat va maishiy brendlarga ega bo‘lgan Unilever Rossiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishda davom etadi, ammo eksportni to‘xtatadi.

    8-mart kuniga oid boshqa suratlar

    Mariupoldagi bomba boshpanasi. Odamlar turar joy binolarining yerto‘lalarida yashirinmoqda

    Mariupoldagi bomba boshpanasi. Odamlar turar joy binolarining yerto‘lalarida yashirinmoqda
    Foto: AP Photo

    Mariupoldagi bomba boshpanasida bolasini ko‘targan ayol

    Mariupoldagi bomba boshpanasida bolasini ko‘targan ayol
    Foto: AP Photo

    Kiev viloyatidagi eng yirik aholi punkti — Bilaya Serkva shahrining o‘qqa tutilishidan keyingi manzara

    Kiev viloyatidagi eng yirik aholi punkti — Bilaya Serkva shahrining o‘qqa tutilishidan keyingi manzara
    Foto: AFP

    Rossiya o‘qlari ostida qolgan bolalar bog‘chasi. Xarkov. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, Ukrainada ikki haftadan kamroq vaqt davom etgan urushda 400 nafar tinch aholi halok bo‘lgan

    Rossiya o‘qlari ostida qolgan bolalar bog‘chasi. Xarkov. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, Ukrainada ikki haftadan kamroq vaqt davom etgan urushda 400 nafar tinch aholi halok bo‘lgan
    Foto: AFP

    Xarkovdagi otishma oqibatlari

    Xarkovdagi otishma oqibatlari
    Foto: Meduza

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    09.03.2022, 11:26   Izoh (0)   63708
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari AQSh prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

    09.03.2022, 10:34

    Zaporojye AES to‘liq Rossiya kuchlari nazorati ostiga o‘tdi

    09.03.2022, 09:01

    Bayden Rossiya nefti va gazining AQShga importini taqiqladi. Buyuk Britaniya 2022-yil oxirida Rossiya neftini rad qiladi

    09.03.2022, 08:36

    Yevrokomissiya Rossiya ko‘miri, neft va gazidan 2030-yilgacha voz kechish yuzasidan xomaki reja ishlab chiqdi

    09.03.2022, 07:53

    MRB Ukraina bilan urushdagi Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlarini baholadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra 2-4 ming odam halok bo‘lgan

    08.03.2022, 23:41

    “Ukraina Qrim va Donbass kelajagi borasida muzokaralar olib borish va o‘zaro kelishuvga erishish uchun harakat qilishga tayyor” — Zelenskiy

    08.03.2022, 21:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    800 dan ortiq huquqshunos Britaniyani Isroilga qarshi sanksiyalar va G‘azoda genotsidni to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 28 may, 20:10

    “BMT-ayollar” tuzilmasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

    O‘zbekiston | 28 may, 19:30

    Hamma o‘qishi shart: Bill Geyts yozgi ta’til uchun 5 ta kitob tavsiya qiladi

    Madaniyat | 28 may, 19:55

    Zominda yo‘l bo‘yida ayiq yurgani aks etgan video tarqaldi (video)

    O‘zbekiston | 28 may, 19:45

    O‘zbekistonda sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

    O‘zbekiston | 28 may, 19:35

    Isroil G‘azodagi urush boshlanganidan beri AQSHdan 90 ming tonnadan ortiq harbiy yuk oldi

    Dunyo | 28 may, 19:25

    Toshkentda “Bolalar uchun muloqot: Markaziy Osiyo va YUNISEF” mintaqaviy forumi o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 28 may, 19:15

    Maosh 2800 yevrodan boshlanadi: o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga taklif qilindi

    O‘zbekiston | 28 may, 19:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.