Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya hukumati Suriya aholisini Ukrainadagi urushda qatnashish uchun jalb qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) nashriga ismi oshkor etilmagan to‘rt nafar AQSh rasmiysi ma’lum qildi.

Foto: Sova News

Foto: Sova News
Rossiya hukumati ko‘cha janglarida tajriba orttirgan suriyaliklarni qidirmoqda va bu ularga Kiyevni egallashga yordam berishiga umid qilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday amaliyot jangovar harakatlar kuchayganini ko‘rsatishi mumkin, deb ta’kidlaydi WSJ.

Nashrda qancha suriyalik yollangani haqida ma’lumot yo‘q. Ulardan ba’zilari allaqachon Rossiyada va Ukrainaga borishga hozirlik ko‘rmoqda, deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Bir hafta oldin Suriyaning Deirezzor24 nashri Rossiya Suriyada yollanma askarlarni, shuningdek, obyektlarni qo‘riqlash uchun odamlarni yollayotgani haqida xabar bergandi. Qo‘riqlash uchun olti oylik ish va 200-300 dollar maosh va’da qilingan. Deirezzor24 ma’lumotlariga ko‘ra,  xususan, “Vagner” jangarilari ishga olinmoqda.

“Vagner” guruhi — OAVlarda Rossiya xususiy harbiy kompaniyasi deb ataluvchi norasmiy qurolli tuzilma. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yildan buyon guruh Ukraina va Suriya hududlarida jang qilgan. 2017-yilda “Vagner” guruhi AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan urushda qatnashish uchun xorijlik ko‘ngillilar yollanayotgani haqida xabar bergan edi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaga ko‘ra, 52 davlatdan 20 ming kishi Ukrainaga ko‘ngilli ravishda kelgan.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi