Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining beshinchi bosqichi doirasidagi o‘yinlar 2-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Chelsi” 5 ta gol urilgan o‘yinda Saul Niges, Timo Verner va Romelu Lukakuning gollari evaziga quyi liga jamoasi “Luton”ni yengdi.
“Liverpul” o‘z maydonida “Norvich”ni qabul qilib 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Qizillar” safida Takumi Minamino dublga erishgan bo‘lsa, mehmonlardan Lukas Rupp o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
“Sauthempton” esa “Vest Hem”dan ustun kelib, “Chelsi” va “Liverul” kabi 1/4 final masalasini hal qildi.
Angliya Kubogi
1/8 final
2-mart, chorshanba
“Luton” – “Chelsi” 2:3
Gollar: 1:0 – 2 Berk, 1:1 – 27 Saul, 2:1 – 40 Kornik, 2:2 – 68 Verner, 2:3 – 78 Lukaku.“Luton”: Stir (Isted, 14), Kioso, Potts, Lokyer, Berk, Bell, Osho, Berri (Kempbell, 63), Kornik (Jerom, 62), Muskve (Snodgrass, 76), Karlos (Hilton, 76).
“Chelsi”: Arrisabalaga, Ryudiger, Loftus-Chik, Sarr, Kenedi (Pulishich, 61), Saul, Jorjinyo (Jeyms, 76), Maunt, Hadson-Odoi (Veyl, 62), Lukaku, Verner.
Ogohlantirishlar: Muskve (67).
“Liverpul” – “Norvich” 2:1
Gollar: 1:0 – 27 Minamino, 2:0 – 39 Minamino, 2:1 – 76 Rupp.“Liverpul”: Alisson, Gomes, Konate, Simikas, Henderson (Morton, 61), Oksleyd-Chemberlen, Jons (Elliott, 46), Milner, Minamino, Origi (Mane, 84), Diogu Jota (Dias, 84).
“Norvich”: Krul, Bayrem, Gibson, Simmermann, Yannulis, Rupp (Maklin, 77), Le-Melu, Normann (Gilmor, 61), Rashitsa (Rou, 61), Plaxeta (Sarjent, 46), Pukki (Dauell, 61).
Ogohlantirishlar: Bayrem (17), Diogu Jota (34), Henderson (50), Sarjent (58), Dauell (85).