O‘zbekistonda 2026-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmi qariyb 11 ming megavattga yetkaziladi. Bu haqda Energetika vazirligi фxborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga asosan, mamlakatda “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Xususan, 2026-yilga borib O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 ming MVtga, gidroelektr stansiyalari hajmi esa 2 920 MVtga (jami 10 920 MVt) yetkaziladi.
Buning natijasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari (“yashil” energetika) ulushini tashkil qiladi. Yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Shu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 million xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta’minlash mumkin. Yoki qo‘shimcha ravishda 15 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin. 15 milliard kVt/soat hajmdagi elektr energiyasi O‘zbekiston aholisining qariyb (98 foiz) 1 yillik iste’molini tashkil qiladi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston 2050-yilga borib tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishni to’xtatadi — Energetika vazirligi
- O‘zbekistonda 2030-yilga borib energiyaga bo‘lgan talab 2 barobarga ortishi kutilmoqda
- O‘zbekiston Iqlim sammitida 2030-yilgacha YaIMga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35 foizga kamaytirish tashabbusini berdi