Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga navbatdagi videomurojaatini yo‘lladi. Unda aytilishicha, mamlakat hukumati Yevropa Ittifoqidan “yangi maxsus tartib” asosida Ukrainani “zudlik bilan” tarkibiga qabul qilishni so‘ragan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘z intervyusida Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lishi kerak, deya fikr bildirgandi. Biroq u mamlakatni zudlik bilan ittifoqqa qabul qilish tarafdori emasligini aytgan.

Undan oldin esa Zelenskiy “necha yillardan beri davom etayotgan strategik munozarani uzil-kesil yakunlash va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi to‘g‘risida qaror qabul qilish vaqti kelganini” ta’kidlagan edi.

Yangi videomurojaatida Zelenskiy, shuningdek, Ukraina—Rossiya urushi fonida ukrainaliklarni taslim bo‘lmaslikka chaqirgan.

“Prezidentlikka ko‘tarilganimda endi barchamiz prezidentmiz, degandim. Chunki davlatimiz uchun, go‘zal Ukrainamiz uchun hammamiz mas’ulmiz. Hozir esa barchamiz jangchimiz. O‘z o‘rnimizda jangchi. Ishonchim komilki, har birimiz g‘alaba qozonamiz. Ukrainaga shon-sharaflar!”, — deydi Zelenskiy.

27-mart kuni Ukraina Rossiya ustidan da’vo arizasi bilan Gaagadagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining  Xalqaro sudiga shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi