• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ular odamlarni qandaydir tushunarsiz sabablar bilan o‘limga yubormoqda”. Ukrainada asirga olingan rus askarining singlisi bilan suhbat

    26-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainada tinch aholi tomonidan asirga olingan 27 yoshli rus askari Roman Bugansov so‘roq qilinayotgani aks etgan video tarqalgandi. Odamlar qurshovida dahshatga tushib, boshini changallab olgan Roman o‘zini tanishtiradi va Belgoroddagi buvisining yashash joyini aytadi. “Novaya gazeta” nashrining maxsus muxbiri Ilya Azar Belgoroddan 17 kilometr uzoqlikdagi Komsomolskiy qishlog‘ida Bugansovning singlisi Olga Dyachuk bilan suhbatlashdi. “Daryo” esa bu suhbatni o‘zbek tiliga tarjima qildi.

    Olga Dyachuk

    Olga Dyachuk
    Foto: Arden Arkman / “Novaya”

    — Mudofaa vazirligidan kimdir siz bilan aloqaga chiqdimi?

    — Yo‘q, men faqat internetdagi ma’lumotlardangina xabardorman, hech kim aloqaga chiqmadi, hozircha hech nima ma’lum emas. U bobom va buvimning qo‘lida katta bo‘lgan, buvim hozir Moskvadan bu yoqqa kelyapti.

    Roman — ko‘ngli ochiq mehribon yigit. U kikboksing bilan shug‘ullangan, sport ustaligiga nomzod edi. Keyin harbiy xizmatga borgan, undan so‘ng bir muddat Voronejdagi institutda tahsil olgan, lekin 2015-yilda o‘qishini tashlab, shartnoma tuzgan va Moskvaga ko‘chib o‘tgan. U butun hayotini harbiy xizmat bilan bog‘lashni istardi. Moskvada xotini, bolasi bor, bu yerda esa uni hamma rahmdil va kerak paytda hammani himoya qiladigan yaxshi yigit sifatida taniydi.

    — Lekin siz uning Ukrainaga yuborilganini bilarmidingiz?

    — Yo‘q, u shunchaki xizmat safariga ketayotganini aytgan. Hech qaysi qarindoshimiz uning Ukrainaga ketganini bilmasdi. Qaysi shahardaligi va qayerga ketayotgani haqida hech nima demagan.

    Qo‘rqyapman. Kunim dori ichish bilan o‘tyapti, bu xabarni qabul qilish men uchun juda og‘ir. Ahvoli nima kechishi, uni nima qilishlari, nega olib ketishgani noma’lum.

    — 24-fevral kuni Ukrainada boshlangan voqea haqida u bilan suhbatlashganmidingiz?

    — Yo‘q, fevralda u bilan gaplashmadik. Ukam bu vaqtda allaqachon xizmat safarida edi. Uni o‘shandayoq Ukrainaga o‘tkazib yuborgan bo‘lishsa kerak. Biz boshqa-boshqa shaharlarda yashardik. Men bu yerga kechagina Stariy Oskoldan ko‘chib keldim, shu yerdan ish topdim (Dyachuk — iqtisodchi-hisobchi), u esa Moskvada yashaydi. Biz kam ko‘rishamiz, suhbat esa uning ishi haqida ketmaydi, faqat yuzaki gaplar. U hech qachon aniq bir narsa aytmagan.

    — Urushga qanday munosabatdasiz?

    — Neytral munosabatdaman, bunday narsalarni tushunmayman, aralashmayman. Bu haqida o‘ylashning o‘zi dahshat, shu sababli yangiliklarni ko‘p tomosha qilmayman, tafsilotlariga qiziqmayman. Ilgari internet xabarlarini ham o‘qimay o‘tkazib yuborardim, hozir esa barcha yangiliklar va internetni ko‘zdan qochirmayapman — ukam haqida qandaydir yangilik bo‘lib qolar. Tanishlarim qo‘ng‘iroq qilib, u yoqda nimalar sodir bo‘layotgani haqida aytadi. Men bu borada betarafman.

    — Lekin qanday qilib harbiy harakatlarga betaraf bo‘lish mumkin?

    — Boshqa qanday munosabatda bo‘lishim kerak? Ukrainada qarindoshlarim bor, dadam va u tomondan ko‘p qarindoshlarim o‘sha yerda yashaydi. To‘g‘ri, ular bilan 12 yildan beri aloqa qilmaymiz.

    Ular (ukrainaliklar) ham biz kabi odam, muammoni boshqacha hal qilishning imkoni yo‘q edi, deb o‘ylamayman. Hozir menga juda og‘ir, chunki ukam shunday ahvolga tushib qoldi, buni hech kimga ravo ko‘rmayman. Ukam so‘roq qilingan video ostidagi izohlarni o‘qidim, uni umuman tanimaydigan odamlar og‘ziga kelganini aytib yotibdi. Ukamdan tashqari, qo‘lga tushgan yana ko‘plab yigitlar bor, ularning qarindoshlari ham men kabi hammasini o‘qib o‘tiradi.

    Hozir ukamni asirga olgan kishilarga nisbatan salbiy munosabatdaman. Uni harbiylar emas, balki oddiy fuqarolar asirga olgan. Tinch aholi nima uchun bunday qilganini tushunmayman. Ukam va u kabilar harbiy ekanini, u yoqqa o‘z ixtiyori bilan bormaganini, buyruqni bajarishga majbur ekanini, chunki bunday narsalarni rad qilib bo‘lmasligini, nahotki, ular tushunmasa? Shusiz ham u yuragini hovuchlab o‘tirgan bo‘lsa-da, bosim o‘tkazib, har tomondan haqorat yog‘dirishyapti. Axir ular qandaydir o‘n daqiqada nimalar yuz berishi mumkinligini bilmaydi-ku.

    — Har kimning o‘z haqiqati bor. Yurtiga boshqa mamlakatdan qo‘shin tortib kirilgan, portlashlar va otishmalar ichida qolgan odamlar o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Ular o‘z vatanini himoya qilishga urinishi tabiiy.

    — Buni tushunaman, lekin baribir bunday qilish aqldan emas, ular to‘g‘ri ish qilgan, deb o‘ylamayman. Ukam hech kimni o‘ldirmagan, u snayper emas, aloqachi bo‘lgan, shunchaki bir aholi punktidan boshqasiga o‘tgan. Ular hech kimga va hech qayerga hujum qilish niyatida bo‘lmagan. Asirlar u yerga nima maqsadda borgani bilan hech kimning ishi yo‘q (videotasvirda Bugansovdan qayoqqa ketayotgani haqida so‘ralganda u benzovozlarni olib ketayotganini aytadi).

    — Yo‘qotishlar, albatta, bor, lekin Mudofaa vazirligi hali ham buni tan olmayapti.

    — Albatta, kattagina yo‘qotishlar bo‘lyapti. Hech kim haqiqatni aytmayapti. Aytsa, odamlar vahimaga tushib qoladi, chunki odamlar hozir bizning hamma narsaga qodir, qudratli va yengilmas davlat ekanimizga mutlaqo shubha qilmaydi.

    Ukraina mag‘lub bo‘ladi va qo‘lga olinadi, deb o‘ylaydi ular. Lekin Ukrainada ham odamlar yashaydi, ular ham kurashmoqda, Rossiyada ham yo‘qotishlar bo‘lishi tabiiy. Ular haqida gapirilmasa, bu ularning yo‘qligini anglatmaydi.

    Televizorda ko‘rsatilayotgan yangiliklarning yarmi — uydirma yoki yuzaki narsalar. Bularning barchasi odamlar ichiga vahima solmaslik uchun qilinmoqda, chunki ular allaqachon vahimaga tushib bo‘lgan. Odamlar qandaydir g‘alati, tushunish qiyin bo‘lgan ishlarni qilyapti: yoqilg‘i g‘amlagan, pul yechib olgan, qayoqqadir ketayotgan. Bu yerdan uzoqroq joyda yashaydigan yaqinlaring bo‘lsa, o‘shalar bilan birga vaziyat o‘nglanishini kutish yaxshidir, balki.

    — 2014-yildan so‘ng siz yoki Roman Ukrainaga qanday munosabatda bo‘lgansiz?

    — U bilan bunday mavzularda gaplashmasdik, men esa buni siyosatchilar ishi deb hisoblayman. Ochig‘i, shaxsan menga Qrim kimga tegishli ekani ahamiyatsiz. Lekin tepada bir parcha yer uchun boshqalarni qurbon qilishdan toymaydigan odamlar bor. Negadir ularning o‘zi jang qilishga bormaydi, bir yerda o‘tirib, buyruqlar o‘ylab topadi, qarorlar qabul qiladi, odamlarni ajal komiga yuboradi.

    Shu bilan birga, ular o‘z qilmishini tan olmaydi, ularning qarindoshlari ham biz kabi ojiz, yaqinlariga nimalar bo‘layotganidan mutlaqo bexabar.

    Tushunaman, Rossiya — mening vatanim, shu mamlakat fuqarosi ekanligimni bilaman. Lekin bizning mamlakat ham Ukraina qilayotgan ishni qilyapti. Ular jangovar harakatlarni to‘xtatmayapti va hech qanday kelishuvga ko‘nmayapti. Ular ham xuddi shunday yo‘l tutmoqda va men Ukraina va Rossiyaga turlicha munosabatda bo‘la olmayman. Ular odamlarni qandaydir tushunarsiz sabablar bilan o‘limga yubormoqda. Odamlarimiz nima uchun u yerda yurganining aniq sababi bormi?

    — Putin Ukrainani harbiylar va fashistlardan ozod qilmoqchi ekanini aytgan.

    — Ukrainani “ozod qilaman” deb, hali hayotni ko‘rmagan, na oilasi, na farzandi bo‘lgan yosh yigitlar yoki uyida oilasi kutayotgan kishilar halok bo‘lmoqda. Ular qaytib kelmaydi, chunki buyruq berishdan boshqasiga yaramaydigan kimdir mamlakatni ozod qilmoqchi. Bunday bo‘lmasligi kerak, menimcha. Bu adolatdan emas. Hozir unda, menimcha, murojaatimni ko‘rish imkoniyati yo‘q (Dyachuk videomurojaat yozish taklifini rad qildi). Xalq esa urushni xohlamagandi, ular (askarlar) ham jang qilishni istamagan, ularning fikri bilan hech kim qiziqmagan, shunchaki jo‘natib yuborishgan.

    Mayskiydan uncha uzoq bo‘lmagan Komsomolskiyda vaziyat tinchmi, degan savolga Dyachuk ijobiy javob berdi. Komsomolskiyda snaryad qulashidan bir bola jabrlangan va beshta bino jiddiy zarar ko‘rgan. Biroq men podyezddan chiqqanimdan so‘ng uch daqiqa o‘tib, uzoqdan artilleriyaning bo‘g‘iq ovozi eshitildi va u yashayotgan uyning qoq tepasidan harbiylar vertolyoti pastlab uchib o‘tdi.

    28.02.2022, 16:20   Izoh (0)   97847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.