Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turk aktrisasi Neslihan Atagul dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhurlikka erishgan. Aktrisa “Sevgi iztirobi” va “Elchining qizi” seriallaridagi rollari orqali muvaffaqiyat qozondi, deb yozadi “RusTurkey.com”.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Neslihan so‘nggi loyiha – “Elchining qizi” serialini sog‘lig‘i sababli tark etishga majbur bo‘ldi, albatta, bu uning muxlislarini juda xafa qildi. Biroq ular sabr bilan sevimli aktrisaning qaytishini kutdi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, Neslihan Atagul yangi loyihada ishtirok etishga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, serial TMC Film tomonidan Star kanali uchun suratga olinadi. Xabarlarga ko‘ra, mashhur aktrisa Peride Jelal qalamiga mansub “Tunning oxiri” romani asosida ekranlashtirilgan filmda bosh rolni ijro etadi.

Serialning ssenariysi Emre O‘zdur va Bashar Basharan tomonidan yozilgan. Aktrisaning partnyori kim ekani hozircha e’lon qilinmagan. Shuningdek, serialning namoyish etilishi 2022-yilga rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)