• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident bilan bir kun”: Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istondagi dastlabki kuni qanday o‘tdi?

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Davlat rahbarining tashrifi Mo‘ynoq tumanida faollar bilan uchrashuvidan boshlandi. Prezident uchrashuv chog‘ida “bu safargi tashrif yarim yoki bir kunlik emas, uch kunlik ekanini” aytdi. “Daryo” muxbiri Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifining ilk kuni qanday bo‘lgani haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ilk bor Mo‘ynoq aeroportiga qo‘ngan O‘zbekistonning birinchi raqamli borti

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tashrifining ilk manzili Mo‘ynoq tumani bo‘ldi. Nukus shahriga kelib joylashgan jurnalistlar guruhi 23-fevral kuni ertalab Mo‘ynoqqa yo‘l oldi. Uchoqdan pastga qarar ekanmiz, e’tiborimizni sahrolar, Orol dengizining bir qismi tortdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Samolyot qo‘nib, aeroportdan tushar ekanmiz, beixtiyor hayratimiz yanada oshdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Qoraqalpog‘istonning chekka hududi hisoblanmish Mo‘ynoqda aeroport barpo etilgani, buning ustiga bu yerda davlat rahbarining tashrifi kishini hayron qoldiradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumot uchun, Mo‘ynoq—O‘zbekiston shimoli-g‘arbiyda joylashgan shahar nomidagi aeroport bo‘lib, 1947-yilda qurilgan. 3-klassga oid Mo‘ynoq aerodromi An-24, Yak-40 va boshqa yengil samolyotlarni, shuningdek, barcha turdagi vertolyotlarni qabul qilgan. 1960-yillar boshidan 1990-yilga qadar aerodromda An-2 samolyotlari kuniga mahalliy liniyalar bo‘yicha (asosan, Qo‘ng‘irot, Nukus, Urganch, Taxtako‘prik, Qozoqdaryo, Aspantay, Tuley punktlari) 19 tagacha yo‘lovchi aviareyslarini amalga oshirgan. 2020-yilning avgustida Mo‘ynoqda yangi aeroport ishga tushgan edi.

    Aeroportning o‘zida prezident va tuman faollari bilan uchrashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Biz jurnalistlar ham yig‘ilishni yoritish uchun o‘z hozirimizni qildik. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev prezidentga taqdimot o‘tkazish uchun, boshqa mas’ullar esa davlat rahbariga hisobot berishga tayyorgarliklarini ko‘rish bu tashrifning nechog‘lik muhim ekanini bildirib turar edi.

    Prezident yig‘ilish zaliga kirib keldi va boshidanoq insonlar bilan birin-ketin qo‘l berib ko‘rishdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev o‘z fikrlarini bayon etdi.

    “Qoraqalpog‘istondagi ikki millionga yaqin aholimizni qanday qilib rozi qilish haqida ko‘ndalang savol bor. Albatta, oxirgi besh yillikda ko‘p narsani o‘rgandik desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ishonmagan narsalarimizga ishondik. Qoraqalpog‘istonda ham “qilsa bo‘lar ekan”, degan ibora paydo bo‘ldi. Birinchi marta respublikamizdagi barcha rahbarlar bir kun emas bir hafta shu yerda bo‘ladi. Men o‘zim ham uch kun shu yerda bo‘laman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Mo‘ynoqning, Qoraqalpog‘istonning Xudo bergan yeridan to‘g‘ri foydalanib, suvini iqtisodiyot qilishimiz, avvalgidek faqat paxta ekamiz demaslik kerak. Hozir menga rahbarlar “paxta ekmasdan boshqa narsa ekaman. Mana bu innovatsiya, mana bu tajriba”, deyishsa men roziman. Paxta ekkanda ham, ekkangga yarasha agar 40 sentner bo‘lmasa uni ekmaslik kerak. Avval faqat ekardik, lekin xarajatlarni hisoblamas edik”, — deydi prezident.

    Davlat rahbari, shuningdek, Mo‘ynoq aeroporti haqida gapirib, “endi haftada ikki marta Toshkent—Mo‘ynoq—Nukus yo‘nalishida parvozlar bo‘lishini” aytdi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda qabul qilingan qarorlar qog‘ozda qolib ketganini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari nutqini yakunlaganidan so‘ng Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev taqdimot o‘tkazdi. Unda tibbiyot haqida gap ketarkan, prezident Toshkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, ularning oylik maoshiga 100 foiz ustama haqi to‘lanishini aytdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari Mo‘ynoqqa kelib ishlasa, ularning ustama haqi ikki baravar bo‘lar ekan.

    100 ming gektar maydonda “yashil qoplama” barpo qilish rejalashtirilgan Orol dengizining qurigan tubi

    2017-yil, sentabr oyi. Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasida Jahon hamjamiyatini Orol muammosini hal etishda kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda — Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda. Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz”, — degan edi Shavkat Mirziyoyev.

    2020-yil, sentabr oyi. Prezident Shavkat Mirziyoyev BMTning 75-sessiyasida Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish haqida BMT rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, ushbu fond og‘ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — degan prezident.

    2022-yilning 23-fevral kuni esa davlat rahbari Orol dengizining qurigan joyiga borib, vaziyatni ko‘rdi. Bir paytlar dengiz va unga tutash daryolar, yaylovlar odamlarga rizq ulashgan, ish, daromad manbasi bo‘lgan. Lekin tabiat qonunlariga aralashish, Amudaryo va Sirdaryo suvini to‘sish dunyodagi og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Mintaqamizda cho‘llanish va sho‘rlanish darajasi keskin ortgan. O‘simlik va yovvoyi hayvonlar turi kamayib ketgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yillarda dengizning suv qurigan qismida 1 million 524 ming gektar to‘qayzor barpo etilgan. Buning uchun saksovul, qorabo‘roq, qandim, cherkez kabi cho‘l o‘simliklaridan qariyb 6 ming tonna urug‘ tayyorlanib, qiyin sharoitlarda ekilgan. Bu ishlarda 4 mingdan ziyod ishchi qatnashib, 1 ming 600 dona texnika, samolyotlar jalb etilgan.

    Joriy yilda 100 ming gektar maydonda “yashil qoplama” barpo qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda shundan 26 ming gektarida ish boshlangan, 562 tonna urug‘lar tayyorlangan. Shuningdek, 100 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil qilinmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Orolbo‘yining quriga joyida saksovulzor tomon yurdi. Shavkat Mirziyoyev shu yerning o‘zida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    “Endi hamma harakatimizga ilmiy asos bo‘lishi kerak. Mo‘ynoqda katta-katta binolar quramiz, laborotoriya, uskuna olib kelamiz. Orol fondi bo‘yicha ilmiy markazni birlashtirib beramiz, besh yillik milliy dastur qilish kerak. Saksovulni o‘stirishda ham uning genetikasini o‘rganib, o‘zining iqlimiga, shamolining tezligiga, qumining uchishiga qarab yangi-yangi navlari paydo bo‘lyapti”, — deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident FVV hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan suhbatda ayni paytda ketayotgan ishlar bilan qiziqib, ularning mashaqqatini e’tirof etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Hamma qilgan ishlarimiz qiyin bo‘ldi, ammo natijasi bo‘ldi. Qiyin bo‘ldi, lekin tarjiba o‘rgandingiz. Biz O‘zbekiston sharoitida hech qachon bunday tajriba qilmagan edik. Men sizlardan minnatdorman. Sizlarning bu tajribalaringiz endi bizga asos yaratdiki, “O‘zbekistonda qilsa bo‘lar ekan”, degan. Katta-katta xorijiy ekspertlar ham kelib ko‘ryaptiki, dengizning qurigan joyida hayot tashkil qilib, uni yana qaytadan odamlarga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlarning imkoni bor ekani bo‘yicha insonlarni ishontirdik”, — degan prezident Shavkat Mirziyoyev.

    Navbatdagi tashrif Nukusdan 140 kilometr olisdagi, O‘zbekiston shimolidagi eng chekka hudud — Taxtako‘pir tumanidagi “Beltov” ovuli

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Bu tumanda mingdan ortiq aholi yashaydi. Tuman markazidan 40 kilometr uzoqda joylashgan hududning ilgari sharoiti og‘ir bo‘lgan. “Obod qishloq” dasturi asosida qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilgach, ovul qiyofasi o‘zgargan.

    Shavkat Mirziyoyev hududga kelib tayyorlangan hisobot-u, taqdimotlar bilan emas, ovulda yashovchi insonlar bilan muloqotda bo‘ldi.

    Boriladigan manzillar ko‘pligi bois jurnalistlar ham guruhlarga bo‘lingan holda o‘z vazifalarini bajarishdi. E’tiborlisi, Shavkat Mirziyoyev Taxtako‘pir tumanida bo‘ladigan prezident tashrifini yoritishni maqsad qilgan jurnalistlar bilan muloqotda bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Ommaviy axborot vositalari xalqning vakili bo‘lib bu yerlarda aynan nima o‘zgarganini yoshlar bilan suhbatdan bilsangiz bo‘ladi. Men sizlarga ishonaman. Sizlarning ovozlaringiz adolat ovozi”, — deya prezidentning so‘zlarini keltirgan “O‘zbekiston 24” telekanali.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Jurnalist Nazira Mambetsharipova “bu yerlarga besh yil avval kelib material tayyorlashga xijolat bo‘lganini” aytdi.

    “Sababi ovuldoshlarimda suv, gaz yo‘q edi. Kelib yaxshi material qilaman desam kimningdir ko‘ngli og‘riri. Real hayotdan ko‘nglim og‘rigan. Bugun kelib insonlarning ishonchini ko‘rib hayratlandim. Bizning insonlar qishda hammomga borish uchun otlarga minib ancha uzoqlarga borib kelardi”, — deydi u.

    Shavkat Mirziyoyev bunga javoban “shu ishlar orqali Yangi O‘zbekistonning amalda ishi bo‘lyapti desa bo‘ladi”, dedi.

    Nukus—Mo‘ynoq—Orolbo‘yi—Taxtako‘pir — bosib o‘tilgan 630 kilometr masofadan keyingi manzil Shumanay tumani

    Prezident mazkur tumanda “Shumanay ekoteks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashgan. Mutasaddilarga korxonada paxtani qayta ishlashning keyingi bosqichlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Aholiga daromad manbai yaratish, yalpi ishlab chiqarishni ko‘paytirishga harakat qilyapmiz. Buning uchun nima kerak? Avvalo, suv kerak. Lekin Qoraqalpog‘istonda suv va yer hisobi dolzarb. Agar saranjom qilib, iqtisod qilib foydalanilsa, suv yetadi. Buning uchun qishloq xo‘jaligi madaniyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish kerak”, — deydi prezident.

    Shumanay tumaniga biriktirilgan Xorazm viloyati tadbirkorlarining investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shunday qilib Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifining ilk kuni nihoyasiga yetdi.

    24.02.2022, 10:15   Izoh (0)   34567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandan Krasnodarga uchgan samolyot viloyatga qaytishga majbur bo‘ldi

    24.02.2022, 10:04

    O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

    24.02.2022, 09:38

    Innovatsion rivojlanish vazirligi professor Zarifboy Ibodullayevning murojaati yuzasidan bayonot berdi

    24.02.2022, 07:22

    Orol dengizidagi prezident, tosh bo‘rondan berkingan muhojirlar, Bahrayndagi eshaklar poygasi. 23-fevral suratlari

    24.02.2022, 01:33

    Farg‘onada gaz ballon tashuvchi avtomashinada yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    24.02.2022, 00:21

    O‘zbekiston yo‘llarida: Toshkentda Spark uy devoriga urildi, Andijonda Malibu va Kia to‘qnashdi

    23.02.2022, 23:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.