Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi Mo‘ynoq tumanidan boshlandi. Bu yerda davlat rahbari tuman faollari bilan suhbatda bo‘lyapti, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Telegram / “Mikrofon ko‘targan ayol”

Foto: Telegram / “Mikrofon ko‘targan ayol”

“Mo‘ynoq aeroportida ko‘rishib turganimiz Yangi O‘zbekistonning yaxshi ishlaridan. Qoraqalpog‘istonda so‘nggi 5 yilda ko‘p ishlarni amalga oshirdik. Hamma joyda ‘qilsa bo‘lar ekan-ku’, degan ibora paydo bo‘ldi. Bu narsa Qoraqalpog‘istonda ham paydo bo‘ldi”, — deydi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari faollar bilan uchrashuvda bir vaqtlar Toshkentda qabul qilingan qarorlar qog‘ozda qolib ketganini ta’kidlagan. “Bir vaqtlar biz Toshkentda o‘tirib olib katta-katta qarorlar qabul qildik. Afsuski, ular qog‘ozda qolib ketgandi. Chunki xalq bilan muloqot bo‘lmagan edi o‘sha vaqtda”, — deydi prezident.

Davlat rahbari so‘nggi yillarda turli hududlarda suv masalasida muammolar bo‘lganini aytib o‘tgan. “Men bu safar katta-katta rejalar bilan keldim”, — deya qo‘shimcha qilgan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta Qoraqalpog‘istonga 2021-yilning sentabrida borgan edi. O‘shanda davlat rahbari Nukusda qurilayotgan ko‘p qavatli uylar va IT-parkni borib ko‘rgan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti huzuridagi bolalar klinikasini ko‘zdan kechirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi