• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV Buxoroda yashovchi tadbirkorga tibbiyot maskani qurish uchun yer ajratdi. Hududdagi mas’ullar esa vazirlik aytgan yerda qurilish qilish mumkin emas demoqda

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor Alisher Hotamov “Daryo”ga murojaat qilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida davolash markazi qurish to‘g‘risida bitim tuzganini, biroq qurilish ishlarini boshlashi uchun viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan qarshiliklarga duch kelayotganini aytmoqda.

    Alisher Hotamov.

    Alisher Hotamov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Qurilishni boshlashim uchun barcha zarur hujjatlar tayyor. Faqatgina viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mannonovdan yakuniy xulosa olishim uchun 6-7 ming dollar talab qildi. Men uning talabini bajarmay, bahslashganim va tortishganim sababli u faol qarshilikka o‘tdi. Besh-olti oydan buyon sarsonman”, — deydi tadbirkor.

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Vazirlikning tadbirkorga ajratib bergan yeri.

    Vazirlikning tadbirkorga ajratib bergan yeri.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorga davolash markazi binosini qurish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan yer maydoni aslida tug‘ruq kompleksi hududidagi bo‘sh yer emas, balki har bir idora, tashkilot oldida bo‘lishi lozim yashil maydon ekan. Demak, bitim imzolanishidan ilgari Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari bu hududning bo‘sh yer emas, balki yashil maydon ekaniga e’tibor qaratishmagan bo‘lib chiqyapti. Oqibatda esa yosh tadbirkor besh-olti oydan buyon sarson bo‘lmoqda.

    Tug‘ruqxona hududi.

    Tug‘ruqxona hududi.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Hujjatlarga ko‘ra, G‘ijduvon tumani “Sardor” MFY, Sharq ko‘chasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi hududidagi 216 kvadrat metrdan iborat bo‘sh yer tadbirkorga berilgan. 2021-yil 12-avgust kuni davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot markazini tashkil etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Gulchehra onalar va bolalar davolash markazi” MCHJ o‘rtasida 10 yil muddatga “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan.

    Tuman tibbiyot birlashmasi

    Tuman tibbiyot birlashmasi
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Marat Ro‘ziyev bilan bu haqda gaplashgan “Daryo” muxbiri undan “Bu yer maydoni birlashma hududida bo‘lsa-da, tuman tibbiyot birlashmasiga emas, tuman hokimligiga qarashli. Men holat bilan tanish emasman va bilishniyam istamayman. Bu bizga tegishli yer maydoni emas. Men bilan inson salomatligi va uni davolash to‘g‘risidagi masalalar bilan murojaat qiling”, degan javobni oldi. Biroq, holatga oid hujjatlar bilan tanishilganda tadbirkorning bino tiklashi uchun Sog‘likni saqlash vazirligining 2021-yil 14-iyuldagi xati ijrosini ta’minlash maqsadida 19-iyul kuni aynan bosh shifokor buyrug‘i chiqqan. Buyruqqa ko‘ra, tadbirkorning davlat-xususiy sheriklik loyihasi ma’qullangan va shu asosda yetti kishidan iborat guruh shakllantirilgan. Dalolatnoma ham imzolanib, tibbiyot markazi hududidagi yashil maydondan uzunligi 18 metr, yon tomoni 12 metr bo‘lgan jami 216 kvadrat metrdan iborat yer bino qurish uchun rasman tadbirkorga topshirilgan. Hujjat shaxsan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i tomonidan imzolangan.

    “Vazirlik bilan bitim imzolaganman. Qurilishni boshlashim uchun xulosa olishim muhim bo‘lgan barcha idora, tashkilotlardan xulosa olganman. Men ana shunday mas’ullarning mas’uliyatsizligi, to‘siqlariga duch kelayotganim sababli qaysi idora, tashkilotga bormay, qo‘limdagi kamerani yoqib yurishga majbur bo‘ldim. Bu sarson-ovorachiliklar qachon tugar ekan bilmayman?”, — deydi Alisher Hotamov.

    Shavkat Mannonov.

    Shavkat Mannonov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mannonov tadbirkor o‘zi tayyorlagan barcha hujjatlarini mas’ullarga shantaj qilish orqali imzolatganini aytmoqda.

    “G‘irt shantajlik. Tuman tibbiyot birlashma boshlig‘i va tuman hokimidan so‘rab ko‘rsangiz, ular tadbirkor qanday vaziyatda imzo qo‘yib berishganini aytadi. Tadbirkor bosim o‘tkazish yo‘li orqali imzo yiqqan. Aslida, Sog‘liqni saqlash vazirligi mahalliy mutasaddilar bilan kelishmay turib, tuman tibbiyot markazi hududidagi yashil maydondan yer ajratib bergan. Yer birlashmaga tegishli bo‘lsa-da, mulk davlatniki. Shaharsozlik me’yorlariga tamoman zid”, — deydi Shavkat Mannonov.

    Anvar Hotamovning so‘ziga ko‘ra, u tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yer maydoni 48 kun davomida auksion savdoda turganini  sog‘liqni saqlash vazirligi sayti orqali bilib, keyin sotib olgan.

    Tuman tug‘ruqxonasi.

    Tuman tug‘ruqxonasi.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Biz olgan yer tuman tug‘ruqxonasi binosidan 100 metr uzoqlikdagi masofada joylashgan. Tug‘ruqxonaning qanday achinarli holatga kelib qolganini ham yashirishga hojat yo‘q. Menga binoni qurib, foydalanishga topshirishim uchun bir yil muddat berilgan. Joriy yilning 13-avgustiga qadar bu ishni to‘la-to‘kis yakunlashim kerak edi. Lekin hozirgacha qurilishni boshlaganim ham yo‘q. Besh-olti oydan buyon murojaat qilib kelaman. Viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mannonov mening loyihamni paysalga solib, sababsiz qoldirib kelmoqda”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Shavkat Mannonovning aytishicha, Alisher Hotamov qurilish loyihasini ko‘rib chiqish uchun shaharsozlik kengashiga topshirgan. Biroq, rad javobini olgan.

    “Nima sababdan rad javobini olgan? Birinchidan, loyiha shaharsozlik bosh rejasi va me’yorlariga mutlaqo zid. Ikkinchidan, tadbirkorga qurilish ishlari olib borilishi mumkin bo‘lmagan hudud belgilab berilgan. Chunki bu joy — yashil makon. Yana uch qavatlik bino quraman, deyapti. Yashil hududda mumkin emas. Shaharsozlikka to‘g‘ri kelmaydi. Bu yerda bu tadbirkor qurilish qilsa, ertaga ikkinchisi keladi, uchinchisi keladi. ‘Unga berding, bunga berding, nega menga emas’, degan gap-so‘zlar ortadi”, — deydi Shavkat Mannonov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Tadbirkor esa Shavkat Mannonov avval qurilish ishlariga rozi bo‘lganini, ammo kabinetida so‘ralgan pulni ololmagach, qarshilik ko‘rsatayotganini bildirmoqda.

    “Ukam, sening bu joying 6-7 ming dollarlik joy ekan, deb menga bir necha marta aytgan. Men uni hazil, deb tushunganman. Biroq, 2021-yilning 2-dekabr kuni ‘Agar 7 ming dollar bersang, shu ishingning hammasini hal qilib beraman’, dedi”, — deydi Alisher Hotamov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Shavkat Mannonov esa buni rad etmoqda.

    “Yuz foiz tuhmat. Kulgili — bu. Prokuraturaga ham yozib bergan. Hamma joyga yozdi. Hatto, boshqa vajlarniyam keltirib, tuhmat qildi. Ammo tasdig‘ini topmadi. Men bugun unga ‘xo‘p’ deb ruxsat berib, ertaga javobgar bo‘laymi? Biz asl qonun talabi qanday, shu talab asosida yo‘l tutamiz. U har doim Kengashga kamera bilan kirib keladi, Kengash a’zolariga savol beradi. Uning nima haqi bor? Unga kim davlat tashkilotlariga kamera bilan kirib, rahbarlarni obro‘sizlantirish va xodimlarga bunday muomalada bo‘lishga huquq berdi?”, — deydi boshqarma boshlig‘i.

    Tadbirkor boshqarma boshlig‘i uning ishini bitirib berishi evaziga pul so‘raganida xizmat xonasidagi video-kameralar ishlab turganini, shu video-kameradagi videoyozuvlar olib ko‘rilsa, uning pul so‘ragani ma’lum bo‘lishini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Pul so‘ralgan paytning o‘zida ‘102’ raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berdim. Hudud inspektori yetib keldi. Men unga holatni tushuntirdim. Shavkat Mannonov esa inspektorga ‘Men kamerani ochmayman. Hozir shoshib turibman’, deb har xil bahonalar bilan xonasidan chiqib ketdi. Shundan so‘ng inspektor ham holat yuzasidan hech qanday dalolatnoma tuzmay, chiqib ketdi”, — deydi tadbirkor.

    Holatni tasdiqlagan inspektor vaziyat yuzasidan dalolatnoma tuzmaganini, boshqarma boshlig‘ining xizmat xonasidagi video-kamerani tekshirib ko‘rishga haqqi yo‘qligini bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Alisher haqiqatan ham kameralarini yoqib, xizmat xonamga inspektor bilan kirib keldi. Inspektorga ‘Buning kamera bilan xizmat xonamga kirishga nima haqi bor?’, dedim. O‘zimizda kamera bo‘lsa. Shundan so‘ng maqsadini so‘radim. Inspektor tadbirkorning hujjatlarini Kengashga topshira olmayotganidan arz qilayotganini aytdi. Biroq, xizmat xonamdagi video-kameralarni ko‘rish haqida hech qanday gap bo‘lmadi. Shundan keyin xizmat xonamdan chiqdim-da, tadbirkorning hujjatlarini qabul qilish haqida xodimlarga topshiriq berdim”, — deydi Shavkat Mannonov.

    Tadbirkorning bildirishicha, u oradan besh-olti kun o‘tgach, qurilish ishlariga to‘sqinlik bo‘layotgani va uning ishini hal qilish evaziga pul so‘rashayotgani yuzasidan Qurilish ishlari vazirligiga ham murojaat qilgan.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    “Vazirlikdan vakil keldi. 10-15 kishi arizam bo‘yicha to‘planishdi. Boshqarma boshlig‘i xizmat xonasidagi video-kameraning o‘sha kungi holatiga oydinlik kiritish uchun uni ochib ko‘rish kerakligi xususida qayta-qayta bildirdim. Lekin hech kim quloq ham solmadi, eshitishniyam istamadi”, — deydi Alisher Hotamov.

    “Men ham tadbirkorning tuhmati yuzasidan viloyat prokuraturasiga murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Ammo, tadbirkorning yoshligi, qiziqqonligini anglab, unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdik, qayta-qayta tushuntirdik. ‘Mayli, ukajon, sen davlat xususiy sherikchiligingni qilgin’, dedik. Onalar va bolalarni davolash markazi shaharsozlik mezonlariga rioya qilgan holda binoni kasalxonaning ichki hududida tiklash taklifini berdik. Ichki hududida bir gektarga yaqin bo‘sh joy bor. Bunga kengashning qarshiligi yoki e’tirozi yo‘q”, — deydi Shavkat Mannonov.

    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    G‘ijduvon tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ahtam Ahmedovning aytishicha, davlat-xususiy sheriklik asosida bino qurilishiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan. Va o‘zaro bitim tuzilgan. Biroq, vazirlik ruxsat bergan yerda faqat daraxt va ko‘chat o‘tqazish, landshaft yaratish, muzqaymoqxona, salqin ichimlik, ya’ni sharbatlar iste’mol qilish uchun yengil konstruksiyali dam olish maskanlari, o‘rindiqlar o‘rnatish mumkin.

    “Tadbirkorning davolash markazi binosini tug‘ruqxona ichki hududidan tiklashini hech qanday to‘siqlarsiz qo‘llab-quvvatlaymiz. Lozim bo‘lsa, tug‘ruqxonaning foydalanishga yaroqsiz birorta binosini buzib, o‘rnida yangi bino tiklashigayam ko‘maklashamiz. Biroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi ajratgan yer maydoni shaharsozlik me’yorlariga umuman zid. Tadbirkorning sarson bo‘layotganiga aslida, viloyat qurilish boshqarmasi yoxud tuman mutasaddilari emas, balki aynan vazirlik vakillari sabab bo‘lyapti”, — deydi Ahtam Ahmedov.

    Ahtam Ahmedov.

    Ahtam Ahmedov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Tuman bosh arxitektori Dilshod Rashidov esa ayni paytda tumanning bosh rejasi ishlab chiqilayotganini, tadbirkor shaharsozlik kengashiga yana bir karra hujjatlarini topshirib ko‘rishi mumkinligini aytmoqda.

    Dilshod Rashidov.

    Dilshod Rashidov.
    Foto: “Daryo” / Nodir Vohidov

    Maqola e’lon qilinishi arafasida Alisher Hotamov ishga oid hujjatlarini shaharsozlik Kengashiga yana qayta jo‘natganini bildirdi. Natija qanday bo‘lishi esa mavhum. Mavzuga yana qaytamiz.

    22.02.2022, 15:54   Izoh (0)   20060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda o‘zini yetti qavatli “dom”dan tashlashga uringan 16 yoshli qiz qutqarildi

    22.02.2022, 15:02

    Qashqadaryoda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    22.02.2022, 14:51

    Toshkentda 19 yil oldin sodir etilgan qotillik fosh etildi (video)

    22.02.2022, 14:21

    O‘zbekistonning yanvar oyidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi ma’lum qilindi

    22.02.2022, 14:06

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: betakror Nanay manzaralari

    22.02.2022, 13:33

    Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov davlatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

    22.02.2022, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.