Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan birja savdolari, davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron-savdo va tenderlarda ishtirok etish huquqini belgilovchi tartib ishlab chiqiladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Qayd etish lozimki, ushbu taklif aynan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilib, ular tomonidan birja g‘olibi bilan ishlashga majburligi, kontragentni tanlash va uni tekshirish imkoniyati yo‘qligi va bu o‘z navbatida ularning soliq uzilishi koeffitsiyenti hamda QQS bo‘yicha hisobga olinishi lozim summaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi bildirilgan edi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ishlab chiqiladigan tartib ogohlantiruvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Ushbu tartibda kelgusida qilinadigan xarajatlar va ko‘riladigan zararlar kamaytirilishi ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan javobgarlikni oldini olishga ham e’tibor qaratiladi.

Qo‘mitaning saytida e’lon qilingan “shubhali” korxonalar ro‘yxatidagi subyektlardan 258 tasi 2021-yil tovar-xomashyo birjasidan jami 1,2 trln so‘mlik yuqori likvidli tovarlarni sotib olib, kontragent korxonalarga kirim qilinmagan boshqa turdagi tovarlarni realizatsiya qilganligi va ular bilan ishlagan 17,3 mingta kontragent korxona tomonidan 971,5 mlrd so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligi qayd etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan 15 kishiga 9 mln so‘m mukofot berilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?