17-fevral kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan hovli kimoshdi savdosida sotildi.
Lot auksionga MIB bo‘limi tomonidan joylashtirilgan edi. 2016-yilda qurilgan hovlining maydoni 437,20 kvadrat metr. Umumiy maydon — 0,06 gektar.
Lotning boshlang‘ich bahosi 5,5 mlrd so‘m edi, lekin auksion natijasi bo‘yicha ikki barobar arzon — 2,7 mlrd so‘mga sotilgan.
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berishicha, hovli narxni tushirib borish tartibi bilan sotilgan. Kimoshdi savdosi 8 soat davom etgan. Hozirda hovlini sotib olgan auksion g‘olibi tomonidan faqat zakat puli — 276 mln so‘m to‘langan.
Avvalroq Toshkent shahrida 51 xonali hovli auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)