• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Credit Suisse sirlari”: jurnalistlar Shveysariya bankidan sizdirilgan axborot asosida amalga oshirilgan surishtiruvni e’lon qildi

    Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka oid tadqiqotlar markazi (OOCRP) hamda 39 ta mamlakatdan, jami 48 ta ommaviy axborot vositasida faoliyat olib boruvchi jurnalistlar #SuisseSecrets (“Credit Suisse sirlari”) surishtiruvini e’lon qildi. Unda Credit Suisse Shveysariya banki mijozlari haqida ma’lumotlar berilgan. TJournal’ning yozishicha Rossiyadan ushbu surishtiruvda xorij agenti deb topilgan “Vajniye istorii” nashri vakillari ishtirok etgan.

    Foto: The Guardian

    OOCRP Germaniyaning Süddeutsche Zeitung gazetasi orqali Credit Suisse’ning 18 mingdan ziyod hisob raqamlari haqidagi sizdirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lgan — bu Shveysariya banki tarixidagi eng katta axborot sizdirilishi bo‘ldi. Gazetaga ma’lumotlarni anonim manba taqdim qilgan. Barcha hisob raqamlaridagi umumiy mablag‘ 100 milliard dollardan oshgan.

    “Shveysariya banklari maxfiylik kafolatlanishi bilan tanilgan, ushbu banklar haqida eslanganida tog‘ ichidagi maxsus omborxonalarda saqlanayotgan xazinalar tasavvur qilinadi. Shveysariya hukumati ham mazkur obro‘-e’tiborni, nufuzni saqlab qolish uchun barcha harakatni amalga oshirmoqda”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

    Taxminlarga ko‘ra Shveysariya banklari noqonuniy yo‘l bilan boylik orttirayotgan mijozlar bilan ishlamaydi. Ammo jurnalistlar Credit Suisse hisob raqamlari egalari orasida korrupsiya orqali pul ishlagan amaldorlar, jinoyat olami vakillari va inson huquqlari bo‘yicha bir qator xalqaro normalarni buzgan shaxslarning ismi-shariflarini topgan.

    Ular orasida Filippinda odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoyatchi, pora olgani uchun qamalgan Gonkong fond birjasi rahbari, Livan pop-yulduzi bo‘lgan sevgan qizining o‘limini buyurtma qilgan milliarder, turli darajadagi rahbarlari, Venesuela davlat neft kompaniyasini o‘margan amaldorlar, shuningdek, Misrdan to Ukrainagacha korrupsiya botqog‘iga botgan siyosatchilar bor, deya qayd etgan The Guardian.

    Jurnalistlar surishtiruv olib borgan ma’lumotlar bazasida eng ko‘p vakili bo‘lgan mamlakatlar haqidagi infografika

    Jurnalistlar surishtiruv olib borgan ma’lumotlar bazasida eng ko‘p vakili bo‘lgan mamlakatlar haqidagi infografika
    Foto: The Guardian

    Sizdirilgan ma’lumotlar bugungi kun voqeliklarini qamrab olmagan, ko‘plab hisob raqamlaridagi aktivlar 2010-yilgacha va undan oldingi davrdagi raqamlarni aks ettiradi. Hisob raqamlarining asosiy qismi 2007–2008-yillarda ochilgan. 2014-yilda hisob raqamlarining ko‘pchiligi yopilgan. 8 yil avval Shveysariyada yangi qoida joriy etilgan va ung ko‘ra banklar xorijlik mijozlarining soliq axboroti avtomatik almashinuvi ta’minlashi ko‘zda tutilgandi.

    Jurnalistlar bankning eng taniqli mijozlari orasida Sobiq ittifoq mamlakatlarining bir qator vakillarini topgan:

    • Armaniston sobiq prezidenti Armen Sarkisyan;
    • Boku shahri meri Eldar Azizov;
    • Ukrainaning eng katta kontrabandachilaridan biri.
    Sizdirilgan ma’lumotlar orasida ikki davlat fuqaroligiga ega yoki xorijda yashaydigan “odatiy” rossiyalik biznesmenlar haqida axborotlar ham mavjud. Ular yashaydigan mamlakatlar Shveysariya bilan moliyaviy axborot almashinuvi bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolanmagan. Bevosita Rossiyada yashovchi shaxslar haqida bazada ma’lumotlar yo‘q, shu sababli rossiyalik siyosatchilar unda eslab o‘tilmagan, deya qayd etgan “Vajniye Istorii”.

    Bazada Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamda mamlakat sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning oila a’zolari haqida ma’lumot bor.

    Sizdirilgan ma’lumotlarda Nazarboyevning ikkinchi qizi Dinara Kulibayeva hamda uning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev 2008–2012-yillarda Credit Suisse’da hisob raqamini yuritishgan. Ushbu davrda ularning hisob raqamlariga 164 milliard rubl (2012-yil dekabr oyi kursi bo‘yicha) mablag‘ kelib tushgan.

    Yevropadagi boyliklari haqida tez-tez gapiriladigan Qozog‘iston sobiq prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva esa 2008–2012-yillarda umumiy qiymati 5 milliard rublga (2012-yil dekabr oyidagi kurs bo‘yicha) teng oltita hisob raqamidan foydalangan.

    Qozog‘istonning ayni vaqtdagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning yaqin qarindoshlari ham Shveysariya bankida hisob raqami yuritgan. Credit Suisse’da Timur To‘qayev va uning onasi Nadejda 1998-yildan 2011-yilga qadar turli valyutalarda saqlangan jami 165 million rublga (2012-yil, dekabr) egalik qilgan. Prezidentning singlisi Karlig‘a Izbastinaning ikkita hisob raqamida 223 million rublga teng mablag‘ bo‘lgan. Ayolning bankdagi hisob raqami 2010-yildan 2012-yilgacha yuritilgan.

    Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Berik Uali “Credit Suisse sirlari” ishi yuzasidan rasmiy izoh berdi. U To‘qayevning xorijdagi hisob raqamlariga umuman aloqasi yo‘qligi, uning va sobiq rafiqasining xorijda ko‘chmas mulkka egalik qilmasliklarini ta’kidladi.

    “Davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev ayrim OAV yozganidek Shveysariya bankida hisob raqamlariga ega emas. Prezident xorijdagi banklarda hisob raqami ochmagan, chet eldagi ofshor kompaniyalarga va ko‘chmas mulkka egalik qilmaydi. Qosim-Jo‘mart Kemelovichning sobiq rafiqasi ham hech qachon jurnalistlar surishtiruvida e’lon qilingan hisob raqamlarining egasi bo‘lmagan”, — deb yozgan Uali Facebook’da.

    Matbuot kotibi To‘qayevning o‘g‘li haqida ham ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra Timur To‘qayev 38 yoshda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi va hechqachon davlat xizmatlarida ishlamagan.

    Oqo‘rda To‘qayev iqtisodiyot va siyosatda monopoliyani cheklash, islohotlarni amalga oshirish uchun faol kurashayotgani kimlargadir yoqmayotgani tufayli davlat rahbarini obro‘sizlantirishga urinishlar bo‘layotganini ta’kidlagan.

    “Credit Suisse sirlari” ishiga aloqador o‘zbekistonliklar orasida Timur Tillayevning xolasi Gulrux Tillayeva (uning hisob raqamida 2,4 million AQSh dollari mavjud bo‘lgan) bor. Timur Tillayev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimovaning turmush o‘rtog‘i.

    Shuningdek, Credit Suisse bankida O‘zbekistondagi mashhur shifokorlardan biri, akusher-ginekolog Saodat Narziyevaning ismi-sharifi keltirilgan. S.Narziyeva o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning singlisi (hisob raqamida 1,9 million dollar).

    Jurnalistlar katta miqdordagi hisob raqamlari “birlamchi tekshiruv”dan keyin bergan savollardan so‘ng bank hisob raqamlarining 90 foizi allaqachon yopilgani yoki yopilish jarayonida ekanini bildirgan. Credit Suisse vakillari bankning biznes amaliyotlari borasidagi gumon va taxminlar o‘rinsizligini qayd etgan.

    Jurnalistlar tomonidan bildirilayotgan mulohazalar bankni va so‘nggi yillarda bir qator sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgan Shveysariya moliya tizimini obro‘sizlantirishga urinish. Davlat boshqaruvi hamda bank sohasidagi moliyaviy islohotlarga muvofiq Credit Suisse oxirgi o‘n yil ichida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirgan, jumladan, moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashishga mablag‘lar ajratgan.

    Credit Suisse rasmiylari bergan bayonotdan

    21.02.2022, 20:21   Izoh (0)   20698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina Rossiya hujumi haqidagi xabarlar sabab oyiga 3 mlrd dollargacha zarar ko‘rayotganini ma’lum qildi

    21.02.2022, 18:27

    Isroil emlanmagan sayyohlarga chegaralarini ochadi. Britaniyada COVID-testi musbat chiqqanlar majburiy izolyatsiyaga olinmaydi. Pandemiya 2022-yil oxirigacha tugay...

    21.02.2022, 16:59

    Qozog‘istonda sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi. U yanvardagi tartibsizliklarda xizmat vazifasini bajarmaganlikda gumonlanmoqda

    21.02.2022, 15:30

    AQSh elchixonasi Rossiyada teraktlar sodir etilishi xavfidan ogohlantirdi

    21.02.2022, 14:13

    Italiyaning Avstraliyadagi elchisi balkondan yiqilib vafot etdi

    21.02.2022, 11:46

    Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” medaliga loyiq ko‘rildi va o‘zining 56-kitobini taqdim etdi

    21.02.2022, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.