• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil emlanmagan sayyohlarga chegaralarini ochadi. Britaniyada COVID-testi musbat chiqqanlar majburiy izolyatsiyaga olinmaydi. Pandemiya 2022-yil oxirigacha tugaydimi? Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 424 496 141 kishini tashkil qilmoqda, shularning 5 888 183 nafari vafot etgan. Ayni vaqtga qadar jahon bo‘yicha 10,352 milliard doza vaksina qo‘llangan.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (78,4 million), Hindiston (42,8 million), Braziliya (28,2 million), Fransiya (22,4 million) va Buyuk Britaniya (18,7 million) eng oldinda bormoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Koronavirusga qarshi emlanmagan barcha yoshdagi sayyohlar 1-martdan boshlab Isroilga ikkita PZR-testini topshirish orqali kirishi mumkin.

    Mamlakat bosh vaziri Naftali Bennet Haaretz nashriga bergan intervyusida shunday degan: “Biz kasallanish haqidagi ma’lumotlarning barqaror kamayib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz, shuning uchun chegaralarni asta-sekin qayta ochish vaqti keldi”.

    Isroilga kirish uchun emlanmaganlar mamlakatga uchishdan oldin va kelganidan keyin PZR-testidan o‘tishi kerak bo‘ladi.

    17-fevral kuni Isroil hukumati 1-martdan boshlab mamlakatda yopiq joylarga va yirik tadbirlarga tashrif buyurish uchun talab etiladigan COVID-pasportlarining bekor qilinishini bildirgandi. O‘shanda Bennet Isroil mamlakatdagi omikron to‘lqinini “yengganini” aytgan.

    Isroil koronavirusning omikron shtammi paydo bo‘lganidan keyin o‘z chegaralarini yopgan dunyodagi birinchi davlat bo‘lgandi.

    Mavzuga doir: Isroilda apreldan chaqaloqlarni koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 21-fevral kuni mamlakat qanday qilib “COVID-19 bilan yashashi” haqidagi rejalarini e’lon qildi.

    Ta’kidlanishicha, boshqa cheklovlar qatorida COVID-testi musbat chiqqan va kasallar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uchun majburiy o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish tartibini bekor qilish rejalashtirilgan. Hisobotga ko‘ra, hukumat “vaksinaga asoslangan” yondashuvni amalga oshirishni rejalashtirmoqda va virus bilan yashash “vaksinalar tomonidan ta’minlangan kuchli aholi immunitetiga” bog‘liq, degan fikrda.

    Buyuk Britaniya hukumatining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha maslahat guruhi (SAGE) “Buyuk Britaniyada pandemiya endi qanday yo‘ldan ketishi borasida jiddiy noaniqlik” mavjud, deb hisoblaydi.

    “Bugun mamlakatimiz tarixidagi yana bir eng og‘ir davrdan keyingi faxrlanish lahzasi bo‘ladi, chunki biz COVID-19 bilan yashashni o‘rganishni boshlaymiz. Pandemiya hali tugamagan, ammo vaksinalarning aql bovar qilmas darajada joriy etilishi tufayli biz endi normal holatga qaytishga bir qadam yaqinlashdik va nihoyat o‘zimizni shuningdek, boshqalarni himoya qilishda davom etib, odamlarga erkinliklarini qaytarib beramiz”, — deyiladi bosh vazir idorasining bayonotida.

    Mavzuga doir: Boris Jonson Angliyada ko‘plab koronavirus cheklovlari, xususan tibbiy niqob taqib yurish bekor bo‘lishini e’lon qildi

    Agar omikron to‘lqinidan keyin dunyoda infeksiyaga chalinishlar sonida katta o‘sish kuzatilmasa, koronavirus pandemiyasi 2022-yil oxirigacha tugashi mumkin, deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi maxsus vakili Melita Vuynovich.

    “Hozir prognoz qilish qiyin, ammo umid qilamizki, agar boshqa hodisa sodir bo‘lmasa, pandemiya 2022-yilda tugaydi. Pandemiyaning tugashi nima degani? Bu kasallanish holatlarida katta ko‘tarilishlar bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatadi, ammo virus yo‘qoladi degani emas”, — dedi u.

    JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, virusning mutatsiyaga uchragash qobiliyati va boshqa ko‘plab infeksiyalar vaziyat qanday rivojlanishini aniq bashorat qilishga imkon bermaydi. “Ammo omikron butun dunyoni aylanib chiqqach, katta epidemiyalar tugaydi, degan ehtiyotkor optimizm bor”, — dedi Vuynovich.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST pandemiya qachon tugashini aniq bashorat qilishga urinyapti, ammo hozir mamlakatlar “o‘zlarining testdan o‘tkazish strategiyalarini o‘zgartirayotgani” sababli qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Uning tushuntirishicha, omikron shtammi juda yuqumli va tez tarqaladi, asemptomatik infeksiyalarning ko‘pligini hisobga olib, “ba’zi mamlakatlarda hammani tekshirish uchun moliyaviy yoki boshqa imkoniyatlar yo‘q”.

    “Biz ko‘rib turgan tasvir pandemiya boshida va delta to‘lqini paytida bo‘lgani kabi, virus yuqtirganlarning aniq sonini to‘liq aks ettirmaydi”, — deya xulosa qildi JSST vakili.

    2021-yilning dekabr oyida JSST rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022-yil koronavirus pandemiyasiga barham beriladigan yil bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

    JSST: COVID-19 ga qarshi kurashda yo‘lning qariyb 60 foizi bosib o‘tildi

    21.02.2022, 16:59   Izoh (0)   8704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi. U yanvardagi tartibsizliklarda xizmat vazifasini bajarmaganlikda gumonlanmoqda

    21.02.2022, 15:30

    AQSh elchixonasi Rossiyada teraktlar sodir etilishi xavfidan ogohlantirdi

    21.02.2022, 14:13

    Italiyaning Avstraliyadagi elchisi balkondan yiqilib vafot etdi

    21.02.2022, 11:46

    Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” medaliga loyiq ko‘rildi va o‘zining 56-kitobini taqdim etdi

    21.02.2022, 10:47

    Rossiyaga evakuatsiya qilingan Donbass aholisi o‘z uylariga qaytmoqda — Ukraina mudofaa vaziri

    21.02.2022, 09:36

    Bayden Ukrainaga hujum amalga oshirilmasa, Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

    21.02.2022, 09:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.