Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Tentpegging federatsiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

O‘zbekiston Tentpegging federatsiyasi raisi Milliy gvardiya ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori N.Ibragimov va federatsiya raisi o‘rinbosari lavozimiga Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik va sport ishlarini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i Q.Azizov tayinlangan.

“Ushbu sport turi Osiyo va Yevropa davlatlarida juda ommabop bo‘lib, ayniqsa, harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi xabarda.

“Tentpegging” atamasi ikkita (“tent”  va “peg”) inglizcha so‘zlardan iborat bo‘lib, “chodir” va “qoziq” (belgi) ma’nolarini anglatadi. Tentpegging — qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lgan ot sport turi bo‘lib, nufuzli musobaqalar ham o‘tkazilib kelingan. Ushbu sport turi bilan bog‘liq musobaqalarda maxsus pike — qilich bilan qurollangan chavandoz yerga qazilgan qoziqni — yog‘och yoki (60 graduslik burchak ostida, balandligi 30 santimetr va kengligi 4-6  santimetr) bo‘lgan karton qog‘ozni to‘liq teshishi kerak, buning uchun sportchilarga ballar beriladi. Vazifa bir nechta (raqobat turiga qarab 2, 3 yoki 6) urinishlar natijasida qoziqni maksimal ko‘tarishdir. Mamlakatga va raqobatning o‘ziga xos turiga qarab, chodirni bog‘lash juda ko‘p qo‘shimcha qoidalarga ega bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Turizm va sport yana alohida vazirliklarga ajratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova