Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi kafeda spirtli ichimlik iste’mol qilib, janjal ko‘targan ayollarga jazo belgilandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro S.O. va Guliston tumanida yashovchi sherigi Sh.U. “Farovon” mahallasida yashovchi kafega ovqatlanish maqsadida kelgan. Kafe egalari bilan o‘zaro kelisholmay qolib, tuman IIBga xabar bergan. Shundan so‘ng ayollar ularni IIB binosiga olib bormoqchi bo‘lgan mas’ul xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan.
Ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud tomonidan jazo tayinlangan. Fuqaro S.O.ga 5 sutka ma’muriy qamoq, fuqaro Sh.U.ga yolg‘iz ona ekanini inobatga olib, eng kam oylik maoshining besh barobarida jarima jazosi tayinlangan.
Izoh (0)