Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida metan gaz shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulash uchun pora talab qilgan “Elektr tarmoqlari korxonasi” muhandisi qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Bekobod shahar “Elektr tarmoqlari korxonasi” bosh muhandisi B.K. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, shahar hududida yangi qurilayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasini 13-dahadagi 6 kilovattli “Fider” qozonxonasi orqali elektr tarmog‘iga ulash hamda texnik shart berish evaziga pul talab qilgani aniqlangan. U “xizmati evaziga” 2 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatidagi gaz zapravka 5,4 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlagani aniqlangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi