Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida “PSJ” o‘z maydonida “Real”ni (1:0) mag‘lub etdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 62-daqiqasida parijliklar hujumchisi Lionel Messi penaltidan gol ura olmadi. Ushbu vaziyatda “Real” darvozaboni Tibo Kurtua seyv amalga oshirdi.

Shu tariqa Messining Chempionlar Ligasida noaniq amalga oshirgan penaltilari soni 5 taga yetdi. Argentinalik futbolchi bu borada “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anrining antirekordini takrorladi.

Umumiy hisobda Lionel ushbu turnirda 23 marta penalti tepgan.

Shuningdek, Messi “Real” darvozasiga ilk marta penaltidan gol ura olmadi. U bungacha “Barselona”da o‘ynagan paytdagi 6 ta urinishining barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirgandi.

Bundan tashqari, Messi ketma-ket 8 uchrashuvdan beri Madrid klubi darvozasiga yo‘l topa olmayapti. U “Real”ga o‘zining so‘nggi golini 2018-yilning may oyida urgan. Hujumchi bu vaqtda “Barselona”da to‘p surardi.

Ushbu g‘alaba, shuningdek, Messining Madrid klubiga qarshi o‘yinlardagi g‘alabasiz seriyasi yakun yasab berdi.

“Barselona”ning sobiq futbolchisi 2019-yilning mart oyidan beri “Real”ni mag‘lub eta olmayotgandi — 3 mag‘lubiyat va 1 durang.

Messi “qirollik klubi”ga qarshi 46 o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 14 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi